O'zbekiston

Samarqandda 737 mln so‘mlik noqonuniy oltin savdosi to‘xtatildi

Qo‘lga olingan shaxslardan ikki nafari avval sudlangani aniqlangan.

Samarqandda 737 mln so‘mlik noqonuniy oltin savdosi to‘xtatildi

Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida Navoiy va Samarqand viloyatlarida yashovchi, 1982, 1984 va 1996-yillarda tug‘ilgan uch nafar fuqaro qonunga xilof ravishda umumiy og‘irligi 475 gramm bo‘lgan ikki bo‘lak oltin quyma sotishga uringan vaqtida qo‘lga olindi. Ular ushbu qimmatbaho metallarni xaridorga 737 million so‘mga sotishga kelishgan bo‘lib, oldindan 500 million so‘m olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi xulosasiga ko‘ra, topilgan 994 proba asillikdagi oltin quymalarning sof og‘irligi 472 gramm bo‘lib, ularning umumiy qiymati 740,4 million so‘mni tashkil etadi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu shaxslardan ikki nafari avval sudlangan bo‘lib, ulardan biri hozirda axloq tuzatish ishlari jazoni o‘tamoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda 737 mln so‘mlik noqonuniy oltin savdosi to‘xtatildi | Zamon.uz