O'zbekiston

Tolimarjon IESda 1065 MW quvvatga ega yangi bug‘-gaz qurilmasi yakuniy bosqichga yetdi

944,87 mln dollarlik loyiha Yaponiya, Ispaniya va Turkiyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Tolimarjon IESda 1065 MW quvvatga ega yangi bug‘-gaz qurilmasi yakuniy bosqichga yetdi

 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimidagi Tolimarjon IESda zamonaviy energetika texnologiyalari asosida, dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda 1065 MVt quvvatga ega zamonaviy bug‘-gaz qurilmasi qurilishi yakuniy bosqichga yetdi. Bugun, ushbu loyihaning qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

 

Prezidentimizning energetika sohasiga bo‘lgan yuksak eʼtiborlari natijasida bugungi kunda mamlakatimizda barpo etilayotgan zamonaviy investitsiya loyihalari qatorida Tolimarjon IESda qad rostlayotgan bug‘-gaz qurilmalari ham ishlab chiqarish quvvatlarini sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi. Loyihaning umumiy quvvati 1065 megavatt va loyiha qiymati 944, 87 million AQSH dollarini tashkil etadi.

 

Osiyo Taraqqiyot banki, Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining kredit mablag‘lari tomonidan moliyalashtirilayotgan, mamlakatimiz energetika sohasidagi mega loyihalar qatorida turuvchi ushbu energoinshoot qurilishi Ispaniyaning “Intesa Ingenieria Industrial S.A., Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” hamda Turkiyaning “Çalık Energy” kabi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

 

Ushbu bug‘-gaz qurilmalari ishga tushirilgach, korxona yiliga 8 milliard kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va yuqori tejamkor texnologiyalarni qo‘llash hisobiga yiliga 300 million kubmetr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

 

Bu yangi investitsion loyiha Samarqand va Buxoro viloyatlari isteʼmolchilarini, Qarshi magistral kanalidagi yettita nasos stansiyasini va yana ko‘plab aholi punktlarini ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlashga xizmat qiladi.

 

Bu bug‘-gaz qurilmalari ishga tushirilgach, korxonada qo‘shimcha 200-250 ish o‘rni yaratiladi. Bu loyiha bo‘yicha birinchi bug‘-gaz qurilmasi 2025 yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

 

Ushbu bug‘-gaz qurilmalariga o‘rnatilayotgan uskunalar Yaponiya, Koreya, Xitoy va AQSH kabi yetakchi mamlakatlardan keltirilgan bo‘lib, avtomatlashtirilgan holda boshqarilishi va energotejamkorligi bilan ahamiyatlidir.

 

Qurilmalardagi ikkita gaz turbinalarining har biri 385,0 MVtni, bug‘ turbinalari esa 185,7 MVtni tashkil etadi.

 

Hozirgi paytda qurilishdagi ishchi xizmatchilarning son 2504 kishidan iborat bo‘lsa, shulardan 504 nafarini chet ellik mutaxassislar tashkil etadi. Shuningdek, qurilish jarayonlariga 96 ta maxsus texnikalar va mexanizmlar ham jalb etilgan.

 

Maʼlumot uchun: Mazkur loyiha davlatimiz rahbarining 2020 yil, 18 dekabrdagi “Tolimarjon IES” AJni umumiy quvvati 900 megavatdan kam bo‘lmagan navbatdagi 2 ta bug‘-gaz qurilmalarini qurish bilan kengaytirish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda.

 

“Tolimarjon IES” AJ Matbuot xizmati

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Tolimarjon IESda 1065 MW quvvatga ega yangi bug‘-gaz qurilmasi yakuniy bosqichga yetdi | Zamon.uz