O'zbekiston

Toshkentda Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan dronlar shousi bo‘lib o‘tadi

Bayram tadbirlari doirasida sportchilar va milliy estrada yulduzlari ishtirokida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.

Toshkentda Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan dronlar shousi bo‘lib o‘tadi

18-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bir qator bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, tadbirlar sportchilar, estrada yulduzlari va yoshlar ishtirokida o‘tkaziladigan bayroq estafetasi uchrashuvlarini ham o‘z ichiga oladi. Bayram dasturi Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlarida joylashgan postlarda boshlangan tadbirlarni qamrab oladi.

 

Shuningdek, “Xalqlar do‘stligi” maydonida soat 17:00 da milliy estrada yulduzlarining g‘alakonserti bo‘lib o‘tadi. Soat 18:00 da esa bayramning eng kutilgan qismi — dronlar shousi namoyish etiladi. Tadbir aholiga ochiq bo‘lib, barcha ishtirokchilar bayramona muhitdan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Avvalroq, shu kun Toshkentda Davlat bayrog‘ining 34 yilligi munosabati bilan harbiy parad ham o‘tkazilishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgan. Shu tariqa, 18-noyabr shaharda nafaqat madaniy, balki harbiy va texnologik namoyishlarga boy bo‘ladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentda Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan dronlar shousi bo‘lib o‘tadi | Zamon.uz