Jahon

Tramp Rossiya bilan hamkor davlatlarga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etilishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Eronni bu ro'yxatga kiritishi mumkinligini ham ta’kidladi.

Tramp Rossiya bilan hamkor davlatlarga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etilishini e’lon qildi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Kongress tomonidan ilgari surilgan va Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik qilayotgan davlatlarga nisbatan sanksiyalar joriy etishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Prezident Eronni ushbu ro‘yxatga kiritish ham mumkinligini tan oldi.

 

Tramp Palm-Bichdan Vashingtonga uchishdan avval jurnalistlar savollariga javob berar ekan, quyidagilarni aytdi: “Bu tashabbus haqida eshitganman va men bunga roziman. Respublikachilar Rossiya bilan biznes yuritayotgan har qanday davlatga nisbatan juda qattiq sanksiyalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etishmoqda. Bu ro‘yxatga Eron ham kiritilishi mumkin.”

 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, loyihaga Eronga nisbatan alohida cheklovlar qo‘shish taklifi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zidan chiqqan.

 

Qonun loyihasi aprel oyining boshida Senatning ikki partiyali guruhi tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, uning asosiy homiylari senator Lindsi Grem va senator Richard Blumental hisoblanadi. Hujjat Rossiyaning savdo hamkorlariga nisbatan ikkilamchi sanksiyalarni nazarda tutadi.

 

Taklifga ko‘ra, Rossiyadan neft, gaz, uran va boshqa strategik tovarlarni xarid qilayotgan davlatlardan AQShga amalga oshiriladigan importga 500 foizlik boj stavkasi qo‘llanishi mumkin.

 

Senator Rend Pol ushbu tashabbusni keskin tanqid qilib, Responsible Statecraft nashriga yozgan maqolasida qonun qabul qilinsa, “eng katta iqtisodiy va strategik zarar aynan Qo‘shma Shtatlarning o‘ziga yetishi” mumkinligini ta’kidladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Tramp Rossiya bilan hamkor davlatlarga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etilishini e’lon qildi | Zamon.uz