O'zbekiston

Xonanda Jahongir Otajanovni boshqa bir xonanda milliardlab pulga “uxlatdi”

Xonandalar talabalik davridan aka-uka kabi do‘st bo‘lgan.

Xonanda Jahongir Otajanovni boshqa bir xonanda milliardlab pulga “uxlatdi”

O‘zbekistonning mashhur xonandasi Jahongir Otajanov firibgarlik qurboni bo‘ldi. Talabalik davridan aka-uka kabi do‘st bo‘lgan yana bir xonanda H.H. 2,3 milliard so‘m miqdorida pulni o‘zlashtirgan. Firibgarlik jarayonida Otajanovning Lexus va BMW rusumli avtomobillari, uylarini sotib olish va turli xizmatlar evaziga to‘langan pullar talon-toroj qilingan. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Zamon.uz'ga ma'lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, H.H. 2017 yildan boshlab Otajanov bilan turli shartnomalar asosida oldi-berdi qilgan, lekin to‘lovlarni amalga oshirmay, o‘z ehtiyojlariga sarflagan. Shu jumladan, mashinalar sotib olinishi, to‘y va uylar bilan bog‘liq bir nechta epizodlar sud hujjatlariga kiritilgan.

 

Sud jarayonida H.H. qilgan jinoyatni qisman tan olib, zarar yetkazgan pullarni san’at faoliyati uchun ishlatganini aytgan. Shu bilan birga, u zarar yetkazilgan mablag‘ni qaytarishga tayyorligini bildirgan. Sudning yakuniy qaroriga ko‘ra, H.H. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bo‘yicha aybli deb topildi va 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

 

Shuningdek, H.H. nomiga rasmiylashtirilgan Toshkent shahridagi ikki uy ham sotuvga qo‘yilib, sotuvdan tushgan mablag‘ Otajanovga yetkazilgan moddiy zarar hisobiga yo‘naltiriladi. Shu tariqa, firibgarlik natijasida yetkazilgan zarar qisman qoplangan bo‘ladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Xonanda Jahongir Otajanovni boshqa bir xonanda milliardlab pulga “uxlatdi” | Zamon.uz