O'zbekiston

O‘zbekiston kuz-qish mavsumida 10 million tonna ko‘mir qazib olishga tayyorlanmoqda

Energiya ta’minotini barqarorlashtirish uchun qo‘shimcha ishlab chiqaruvchilarga imkoniyatlar yaratiladi.

O‘zbekiston kuz-qish mavsumida 10 million tonna ko‘mir qazib olishga tayyorlanmoqda

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ko‘mir qazib chiqarish bo‘yicha erishilgan ko‘rsatkichlar va yangi rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatda kuz-qish mavsumida aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangani, shu maqsadda ko‘mir sanoatida yangi loyihalar ishga tushirilayotgani ma’lum qilindi. O‘tgan mavsumda 8,7 million tonna ko‘mir qazib olinib, aholiga, byudjet tashkilotlari hamda issiqlik elektr stansiyalariga yetkazib berilgan.

 

Yangi mavsumda esa ko‘mir ishlab chiqarish hajmini 10 million tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu borada “O‘zbekko‘mir” AJ korxonalari modernizatsiya qilinmoqda, qo‘shimcha ishlab chiqaruvchilar uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. Prezident aholiga ko‘mir yetkazib berishni kafolatlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi, raqobatni kuchaytirish va mahsulot tannarxini pasaytirish muhimligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, taqdimot davomida uran bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarini tezlashtirish, geologiya-qidiruv ishlari ko‘lamini kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Davlat rahbari bundan avval suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi uzilishlarni keskin tanqid qilib, masalaga zudlik bilan yechim topish kerakligini qayd etgan edi — aynan energiya xavfsizligini ta’minlash bu mavsumda eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston kuz-qish mavsumida 10 million tonna ko‘mir qazib olishga tayyorlanmoqda | Zamon.uz