O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Masato Kando boshchiligidagi OTB delegatsiyasini qabul qildi

2026-yil may oyida Samarqandda Osiyo taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Masato Kando boshchiligidagi OTB delegatsiyasini qabul qildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-noyabr kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Masato Kando boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida OTB rahbari davlatimiz rahbarini O‘zbekiston va bank o‘rtasidagi strategik sheriklikning 30 yilligi, shuningdek, 2025–2026-yillarda Boshqaruvchilar kengashiga raislik mamlakatimizga o‘tgani bilan tabrikladi.

 

Muzokaralarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Bugungi kunda O‘zbekiston bankning mintaqadagi eng yirik hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda — amaldagi qo‘shma loyihalar portfeli 15 milliard dollardan oshgan. Shuningdek, “yashil” energetika, transport, raqamli transformatsiya, ta’lim va boshqa yo‘nalishlarda jami 3 milliard dollardan ortiq yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Suveren bo‘lmagan moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish ishlari faollashgan.

 

Shu bilan birga, 2026-yil may oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan OTB Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish doirasida OTB bilan Kengaytirilgan strategik sheriklik dasturini imzolash tashabbusini ilgari surdi. Unda infratuzilmani modernizatsiya qilish, texnik va muhandislik mutaxassislarini tayyorlash, xotin-qizlar va yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, kambag‘allikni qisqartirish, ipoteka bozori va xususiy sektorni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar ustuvor vazifa sifatida belgilanishi ta’kidlandi.

 

Uchrashuvda bankning mintaqaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdagi faolligi, jumladan, Markaziy Osiyo bo‘yicha transport, energetika va savdo loyihalarini ilgari surish muhim ekani qayd etildi.

 

OTB prezidenti Masato Kando O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholab, ularni ro‘yobga chiqarishda bank tomonidan har tomonlama ko‘mak berishga tayyor ekanini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Masato Kando boshchiligidagi OTB delegatsiyasini qabul qildi | Zamon.uz