Jahon

Qozog‘istonda yong‘in oqibatida 12 kishi, jumladan 9 bola vafot etdi

Prezident Qosim-Jomart To‘qayev yong‘in oqibatida halok bo‘lganlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Qozog‘istonda yong‘in oqibatida 12 kishi, jumladan 9 bola vafot etdi

 

Qozog‘istonning Turkiston viloyati, Jetisoy tumanidagi Alg‘abas qishlog‘idagi ikki qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 12 kishi, jumladan 9 bola vafot etdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Yong‘in haqida xabar tushishi bilan favqulodda vaziyatlar xizmatlari voqea joyiga yetib borgan. Ularning tezkor harakatlari natijasida hushsiz holatda bo‘lgan 3 nafar fuqaro evakuatsiya qilinib, tez yordam brigadasiga topshirilgan. Ichkaridan 12 kishi, jumladan 9 bolaning jasadlari topilgan.

 

Hozirda favqulodda xizmatlar voqeani bartaraf etish va yong‘in sabablarini aniqlash ishlarini olib bormoqda. Surishtiruv ishlari boshlangan.

 

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Turiston viloyatidagi yong‘in oqibatida halok bo‘lganlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.. Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hukumat va Turkiston viloyati hokimligiga yaqin oila a’zolariga barcha zarur yordam ko‘rsatish hamda fojia sabablarini o‘rganish bo‘yicha topshiriq berildi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qozog‘istonda yong‘in oqibatida 12 kishi, jumladan 9 bola vafot etdi | Zamon.uz