O'zbekiston

Rossiyada o'zbekistonlik erkakni do‘pposlab, itga tishlatgan erkak qamaldi

Jabrlanuvchi bosh miya jarohati olgan, hujumchilardan biri esa qochib ketgan.

Rossiyada o'zbekistonlik erkakni do‘pposlab, itga tishlatgan erkak qamaldi

Omsk viloyati sudi o‘zining uyi hududiga kirgan o‘tkinchini kaltaklagan va ustiga itini qo‘yib yuborgan mahalliy fuqaroga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Sud materiallariga ko‘ra, 2023-yil 9-iyulga o‘tar kechasi O‘zbekistondan bo‘lgan 36 yoshli erkak taksi chaqirishda yordam so‘rab, hovliga kirgan. Uy egasi uni tayoq bilan urib, bir necha bor tepkilagan. Shuningdek, uning yonida ishlovchi chet ellik ishchi ham hujumga qo‘shilgan. Jabrlanuvchi qochishga harakat qilganida, uy egasi itini qo‘yib yuborgan. It jabrlanuvchini kamida 20 marta tishlagan.

 

Voqea natijasida erkak bir nechta og‘ir tan jaroh atlari, jumladan bosh suyagi sinishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Sud jinoyatchini “bir guruh shaxslar tomonidan qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish” moddasi bo‘yicha aybdor deb topdi. U 4 yilga qattiq tartibli koloniyaga ozodlikdan mahrum etildi hamda jabr ko‘rgan shaxsga 500 ming rubl miqdorida ma’naviy zarar tovonini to‘lashga majbur qilindi.

 

Sudlanuvchining apellyatsiya shikoyati rad etildi, hukm o‘z kuchida qoldirildi. Hujumda ishtirok etgan sherik qochib ketgan va hozirda qidiruvda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Rossiyada o'zbekistonlik erkakni do‘pposlab, itga tishlatgan erkak qamaldi | Zamon.uz