O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

Xizmatlarni "yagona darcha" asosida birlashtirish, malaka oshirish markazlarini ochish va Yevropa bilan hamkorlikni kuchaytirish asosiy vazifalardan etib belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-noyabr kuni tashqi mehnat migratsiyasi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan masalalarni ko‘rib chiqdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda migratsiya tizimidagi islohotlar samara berib, garchi xorijda ishlayotgan fuqarolar soni kamaygan bo‘lsa-da, ularning O‘zbekistonga yuborgan pul o‘tkazmalari 2016-yilga nisbatan qariyb 4 barobar oshib, 2025-yilning o‘n oyi yakunida 15,8 milliard dollarga yetgan. Biroq, xorijiy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan 140 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlariga munosib til va kasbiy malakaga ega mutaxassislarni tayyorlashda hali ishlar ko‘pligi qayd etildi. Shuningdek, xizmatlarning tarqoqligi sababli fuqarolar ovoragarchilikka duch kelayotgani ta'kidlandi.

 

Ushbu muammolarni hal etish maqsadida, barcha migratsiya xizmatlarini "yagona darcha" tamoyili asosida birlashtirish vazifasi qo‘yildi. Amaliy qadam sifatida, Toshkentning Uchtepa tumanida “Xorijga ishga tayyorlash markazi”, Termiz shahrida esa “Yagona migratsiya xizmatlari” markazi tashkil etiladi. Yevropa mamlakatlariga migratsiya oqimi 4 barobar ko‘payganini inobatga olib, Germaniya va Yaponiya kabi davlatlar bilan hamkorlikda til o‘qitish maktablari ochish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirish uchun Yevropa davlatlari bilan hukumatlararo kelishuvlarni imzolashni jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.

 

Taqdimotda migratsiya xizmatlarini raqamlashtirishni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Hozirda “Xorijda ish” platformasi orqali 25 turdagi xizmatlar ko‘rsatilib, 2025-yil boshidan 524 ming fuqaro onlayn xizmatlardan foydalangan. Prezident sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarini joriy etish, biometrik identifikatsiya, xorijdagi ish o‘rinlarini real vaqt rejimida kuzatishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, noqonuniy migratsiya va firibgarlik holatlariga qarshi kurashish maqsadida litsenziyasiz konsalting tashkilotlari uchun jarimalarni oshirish va Jinoyat kodeksiga yangi javobgarlik kiritish masalasi o‘rganiladigan bo‘ldi. Davlat rahbari taqdim etilgan barcha takliflarni ma’qullab, migratsiya jarayonlarini yanada qulay, xavfsiz va shaffof qilish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi | Zamon.uz