O'zbekiston

Yevropa Ittifoqi o‘zbekistonlik tadbirkor Rustam Mo‘minovni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shdi

Uning Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlashi cheklovga sabab bo'lgan.

Yevropa Ittifoqi o‘zbekistonlik tadbirkor Rustam Mo‘minovni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shdi

 

Ittifoq o‘zbekistonlik tadbirkorni urush olib borayotgan Rossiya porox zavodiga paxta sellyulozasi yetkazib berishda aloqador deb hisoblab, 19-sanksiyalar paketiga qo‘shdi. Yevropa Ittifoqi hujjatlarida keltirilishicha, Rustam Mo‘minov O‘zbekiston, Rossiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlarning fuqaroligini olgan.

 

YEI hujjatida qayd etilishicha, 1965-yilda tug‘ilgan Mo‘minovning cheklovlarga uchrashi Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq.

 

Bryusselning baholashicha, Rustam Mo‘minov Farg‘onadagi Farg‘ona Kimyo Zavodi paxta sellyulozasi zavodini nazorat qiladi. Uning mahsulotlari Perm va Qozon porox zavodlariga yetkazib berilishi aytilmoqda. Bu materiallar Rossiya qurolli kuchlari uchun qurol ishlab chiqarishda ishlatilgan bo‘lishi mumkin.

 

Gazeta.uz’ning yozishicha, Farg‘ona kimyo zavodi va Raw Materials Cellulose “Vajniye istorii”, Vlast.Kz nashrlari va OCCRP konsernining qo‘shma tekshiruvida, shuningdek, BBC rus xizmatining tekshiruvida ishtirok etgan. Materiallarda aytilishicha, bu ikki korxona Rossiya porox zavodlariga paxta sellyulozasini ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ham xususiy vositachilar orqali yetkazib beradi. Jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri ushbu yetkazib berish hajmi bir necha barobar oshgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Zamon.uz Farg‘ona sellyuloza ishlab chiqartish kimyo zavodi saytida ko‘rsatilgan raqam bilan bog‘landi. O‘zining ismini aytishni xohlamagan shaxs mazkur xabarlarga munosabat bermasligini aytdi.

 

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, O‘zbekistonda bir nechta fuqarolik qabul qilinmaydi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 21-moddasida ham O‘zbekistonda yagona fuqarolik tan olishi ko‘rsatib o‘tilgan.

 

Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning zamon.uz’ga fuqarolikdan chiqarish faqat prezident qarori bilan amalga oshirilishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, prezident qarori chiqmagunicha fuqaro O‘zbekiston fuqaroligidan mahrum qilinmaydi.



Eslatib o'tamiz, avvalroq Ukraina ham Farg'ona kimyo zavodiga sanksiyalar qo'llagan edi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"