O'zbekiston

Toshkentda narkotik savdosi bilan shug‘ullangan ona-bola qo‘lga olindi

Tezkor tadbir davomida 8 kg dan ortiq giyohvandlik moddalari musodara qilindi.

Toshkentda narkotik savdosi bilan shug‘ullangan ona-bola qo‘lga olindi

Toshkent shahrida DXXning shahar boshqarmasi, IIBB va Bojxona xizmati hamkorligida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida narkotik moddalarning kontrabandasi bilan shug‘ullangan oila a’zolari qo‘lga olindi. Ular giyohvandlik vositalarini Tojikistondan yashirin yo‘llar bilan olib kirib, poytaxtda sotishga harakat qilgani aniqlangan. Bu haqda Zamon.uz'ga DXX xabar qildi.

 

Operatsiya jarayonida “Ohangaron–Piskent” yo‘nalishida harakatlanayotgan, oldindan nazoratga olingan “EQUINOX” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirildi. Mashinada bo‘lgan 1976-yilda tug‘ilgan ayol va uning 1999-yilda tug‘ilgan o‘g‘li kontrabanda yo‘li bilan kirib kelgan narkotik moddani olish uchun yo‘lga chiqqanliklari ma’lum bo‘ldi. Ularning telefonlarini ko‘zdan kechirish chog‘ida tojikistonlik shaxs tomonidan “Telegram” orqali giyohvandlik moddasining joylashuvi va fotosuratlari yuborilgani aniqlandi. Shundan so‘ng tezkor guruh Piskent tumanidagi yo‘l chetiga yashirilgan 4,9 kg “gashish”ni dalil sifatida topib oldi.

 

Shuningdek, gumondorlarning Olmazor tumanidagi uyida o‘tkazilgan tintuv chog‘ida qo‘shimcha ravishda 1,1 kg “opiy” va 1,9 kg “gashish” moddasi ham topildi. Ayolning avval sudlangan, 1996-yilda tug‘ilgan yana bir o‘g‘li ham ushbu jinoyatga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi.

 

Hozirda ular ustidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tezkor-tergov harakatlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda narkotik savdosi bilan shug‘ullangan ona-bola qo‘lga olindi | Zamon.uz