Andijonda 2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Bojhona xodimlari fuqaroni yirik miqdordagi oltinni noqonuniy tarzda olib o‘tayotgan vaqtida qo‘lga olishgan.

Andijon shahrida Davlat Bojhona qo‘mitasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan yirik miqdordagi zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Hodisa fuqaro posilkani olayotgan paytda aniqlandi.
Jo‘natma ochilganda, umumiy og‘irligi 1 kg 138 g bo‘lgan 175 ta oltin buyumlari topildi. Ushbu buyumlarni olib o‘tayotgan shaxsda bojhona rasmiylashtiruvi va sifat hujjatlari yo‘q edi.
Olib qo‘yilgan narsaning dastlabki bahosi qariyb 2 milliard so‘mni tashkil etadi. Hozirda mazkur holat bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda.







