Farg‘onada 10 yoshli qizcha MIB orqali onasi bag‘riga qaytarildi
Majburiy ijro tuman hokimligi, taʼlim bo‘limi va tegishli idoralar ishtirokida o‘tkazilgan.

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida sudning ijro varaqasi asosida 2015-yilda tug‘ilgan Lolaxon onasi tarbiyasiga topshirildi.
Ijro hujjati 31 oktyabr kuni Qo‘shtepa bo‘limiga kelib tushgan va qarzdorlarga 15 kun ixtiyoriy bajarish muddati berilgan.
Ularning bolani ixtiyoriy berishdan bosh tortishi sabab, qonun asosida majburiy ijro belgilab qo‘yilgan.
17 noyabr kuni tuman hokimligi, taʼlim bo‘limi va tegishli idoralar ishtirokida majburiy ijro harakatlari amalga oshirilgan va bola onasiga rasman topshirilgan.







