Jahon

Germaniya kosmik mudofaa salohiyatini oshirish uchun 35 mlrd yevro ajratadi

Berlinning yangi kosmik strategiyasi 2030-yilgacha Germaniyani AQSh va Xitoydan keyingi uchinchi yirik kosmik mudofaa tizimi kuchli davlatga aylantiradi.

Germaniya kosmik mudofaa salohiyatini oshirish uchun 35 mlrd yevro ajratadi

Germaniya hukumati o‘zining ilk milliy kosmik strategiyasini tasdiqladi. OAV xabariga ko‘ra, ushbu hujjat doirasida Berlin 2030-yilgacha 35 milliard yevro miqdorida mablag‘ni kosmik mudofaa imkoniyatlarini rivojlantirishga yo‘naltiradi. Strategiya asosan Rossiya va Xitoyning kosmosdagi harbiy faolligiga qarshi turish, shuningdek, Yevropa xavfsizligini mustahkamlashni ko‘zlaydi.

 

Rejaga binoan:


— Germaniya radioelektron kuzatuv tizimlari, harbiy maqsadlardagi sun’iy yo‘ldoshlar, xavfsiz aloqa hamda razvedka texnologiyalarini kengaytiradi.


— Harbiy sun’iy yo‘ldoshlarning barqarorligini oshirish, ularga qarshi amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hujumlardan himoyalash bo‘yicha yangi platformalar yaratiladi.

— Berlin NATOning kosmik xavfsizlik tashabbuslarida faolroq ishtirok etishni rejalashtirgan.


Yangi strategiya Yevropadagi umumiy himoya tizimining muhim bo‘lagi sifatida qaralmoqda. So‘nggi yillarda kosmos harbiy raqobatning asosiy maydonlaridan biriga aylangan bo‘lib, AQSh, Xitoy va Rossiya o‘z kosmik qo‘shinlarini keng rivojlantirmoqda. Germaniya esa, bunga javoban, o‘z kosmik qo‘mondonligini mustahkamlash va Yevropa Ittifoqi doirasida texnologik yetakchilikni oshirishni maqsad qilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Germaniya kosmik mudofaa salohiyatini oshirish uchun 35 mlrd yevro ajratadi | Zamon.uz