O'zbekiston

Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi: O‘zbekistonning tashabbuslari va dunyo eʼtirofi

Markaziy Osiyoda suv resurslarini oqilona boshqarish masalasi tobora dolzarb tus olmoqda. Mintaqada aholi soni o‘smoqda, iqlim o‘zgarishi salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda, qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlari esa yangi resurslar talab etmoqda.

Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi: O‘zbekistonning tashabbuslari va dunyo eʼtirofi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi maslahat uchrashuvida suv xavfsizligi masalasini strategik ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, 2026–2036 yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi” deb eʼlon qilish tashabbusini ilgari surdi.

 

Davlatimiz rahbari Afg‘onistonni ham Amudaryo havzasidan birgalikda foydalanish masalalarida faol muloqotga jalb etish muhimligini qayd etar ekan, suv taqsimoti hayotiy masala ekanini, uni faqat muloqot va hamjihatlik orqali hal qilish mumkinligini taʼkidlagandi.

 

17 noyabr kuni Toshkentda o‘tgan Suv hamkorligi va qonunchiligini takomillashtirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ham ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekistonda suv muammolarini hal etish yo‘lini qidirayotgan yetakchi xalqaro ekspertlar, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Shveysariya taraqqiyot agentligi va boshqa qator donorlar ishtirokidagi ushbu yig‘ilish amaliy muloqot maydoniga aylandi. Unda asosiy eʼtibor suvning tejamli va barqaror boshqaruvi, transchegaraviy daryolardan oqilona foydalanish, sug‘orish infratuzilmasini modernizatsiya qilish va har bir mamlakat ehtiyojlarini inobatga olgan holda suv siyosatini yangilash masalalariga qaratildi.

 

Konferensiyaning asosiy voqeasi O‘zbekistonning yangi Suv kodeksi taqdim etilgani bo‘ldi. Qabul qilingan bu huquqiy hujjat mamlakat suv siyosatini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishi bilan ahamiyatli. Kodeksda suv resurslaridan barcha tarmoqlar uchun adolatli foydalanish, suvdan foydalanish huquqlari, sohani tartibga solish mexanizmlari, suv ekotizimlarini muhofaza qilish, yer usti va yer osti suvlarining o‘zaro bog‘liq boshqaruvi kabi masalalar kompleks tarzda yoritilgan. Xorijlik ekspertlar bu hujjatni “tarixiy qadam” deya baholashdi. Ular taʼkidlaganidek, Suv kodeksi O‘zbekistondagi islohotlarning tizimliligini namoyon etadi va suv kelajagini xavfsiz qilishda muhim tashkiliy-huquqiy poydevor vazifasini bajaradi.

 

Haqiqatan ham, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish borasida amaliy ishlar sezilarli darajada kuchaytirildi. Mamlakatda 2 million gektardan ortiq maydonda suv tejaydigan texnologiyalar joriy etilgani, 2030 yilgacha mo‘ljallangan Suv sektori konsepsiyasi va yangi davlat dasturlari qabul qilingani bu yo‘nalishning qay darajada ustuvor ekanini ko‘rsatadi.

 

BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Akiko Fudzii taʼkidlaganidek, O‘zbekistonning yangi NDC 3.0 strategiyasida ham suv masalasi iqlim siyosatining markaziy ustuni sifatida belgilangan.

 

“Ayni paytda Braziliyada Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha BMT Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 30-yig‘ilishi doirasida muhokamalar olib borilmoqda va yana bir bor O‘zbekiston hukumatini tabriklayman — yangi NDC 3.0 (milliy darajada belgilangan hissa) topshirildi.

 

Bu esa hukumatning iqlim siyosati markazida suv masalalarini mustahkam joylashtirishga va ushbu yo‘nalishda jahon mintaqalarida yetakchilik qilishga bo‘lgan qatʼiy intilishini namoyon qiladi”, dedi BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili.

 

Bugun xalqaro ekspertlarning fikrlari bir nuqtada mushtarak: yangi Suv kodeksi — bu kelgusi o‘n yilliklarda amalga oshiriladigan islohotlar dasturining yo‘l xaritasi. Osiyo taraqqiyot bankining ekspertlari Januar Laude va Jeremi Byord kodeksda institutsional vakolatlarni aniq belgilashdan tortib, foydalanuvchilar huquq va majburiyatlarini hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirishgacha bo‘lgan yo‘nalishlar mukammal belgilanganini qayd etishdi. Bu esa investorlarga ishonch, xalqqa adolatli suv taʼminoti, davlatga esa aniq va shaffof boshqaruv imkonini beradi.

 

Konferensiya doirasida suv taʼminotini yaxshilash, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida transchegaraviy hamkorlikni kuchaytirish, Orolbo‘yi aholisini qo‘llab-quvvatlash, suv taʼlim markazlarini rivojlantirish kabi muhim tashabbuslar muhokama qilindi. Bu borada Toshkent irrigatsiya instituti bazasida Suv xo‘jaligi bo‘yicha kompetensiyalar mintaqaviy markazini tashkil etish rejasi esa Markaziy Osiyoning suv muammolariga yechim topadigan ilmiy-innovatsion xabga aylanishga qaratilgan amaliy qadam bo‘ldi.

 

Anjumanning aynan O‘zbekistonda o‘tkazilishi ham mamlakatning mintaqadagi nufuzi va tashabbuskorligini yana-da mustahkamlaydi. Yig‘ilish ishtirokchilarining fikriga ko‘ra, O‘zbekiston nafaqat ichki islohotlarni jadal davom ettirayotgan davlat, balki transchegaraviy suv muammolarini hal etishga tayyor, xalqaro hamkorlikga ochiq va mintaqaviy barqarorlikni taʼminlashga intilayotgan masʼuliyatli sherik sifatida namoyon bo‘lmoqda.

 

custom img

Olmaotada insultni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Ayolga Qozog‘iston fuqarosi tomonidan yashash joyi, oziq-ovqat, kiyim-kechak va hujjatlarni rasmiylashtirishda bepul ko‘mak berilgan.

custom img

O‘zbekistonda xavfli chiqindilarini qayta ishlash darajasi 20 foizga yetkaziladi

Prezident xavfli chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qarorni imzoladi.

custom img

O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi — WTTC

Mamlakat turizm xizmatlari eksportidan 4,8 milliard dollar daromad oldi. Bu mintaqa ko‘rsatkichining yarmiga teng.

custom img

Toshkentda xavfsiz va zamonaviy jamoat joylari barpo etiladi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov zamonaviy, xavfsiz va hammabop jamoat makonlarini yaratishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.

custom img

Toshkentdagi Kichik halqa yo‘lining bir qismi 10-avgustgacha yopiladi

Ta’mirlash ishlari davomida avtotransport vositalari qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi, tez tibbiy yordam mashinalari uchun esa alohida yo‘lak tashkil etiladi.

custom img

Vazirlik mansabdori 6 ming dollar bilan qo‘lga olindimi?

Bosh prokuratura tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

Yangiyo‘l tajribasi asosida 13 tumanda yangi energetika tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Yangiyo‘l tumanida elektr va gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha maxsus shtab faoliyat yuritmoqda.

custom img

O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llarini tashkil etish tartibi belgilandi

Pulli avtomobil yo‘llaridan foydalanish uchun haydovchilar operator bilan ommaviy shartnoma tuzadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"