O'zbekiston

Namanganda ta’lim tizimidagi mansabdorlar tomonidan tashkil qilingan “bunker” fosh etildi

Attestatsiya imtihonlarida noqonuniy yordam ko‘rsatgan mansabdorlar va o‘qituvchilar qo‘lga olindi.

Namanganda ta’lim tizimidagi mansabdorlar tomonidan tashkil qilingan “bunker” fosh etildi

Namangan shahrida ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan tashkil etilgan noqonuniy “bunker” fosh etildi. DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur xonadonda attestatsiya imtihonlari uchun test savollarini masofadan turib yechishga jalb qilingan 12 nafar o‘qituvchi aniqlangan.

 

Tekshiruv jarayonida bir nechta noutbuklar, 30 dona turli eshitish moslamalari, yashirin kameralar, 8 ta Wi-Fi router va boshqa texnik vositalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, Davlatobod tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘rinbosari, Namangan davlat texnika universiteti bo‘lim boshlig‘i va bo‘lim mutaxassisi pedagoglarga moddiy manfaat evaziga test savollarini “bunker” orqali yechishda yordam berib kelgan. Ular ayrim o‘qituvchilardan attestatsiya natijalarini ijobiy hal qilib berish uchun 1300–1500 dollar talab qilgan bo‘lib, faqatgina sentyabr–oktyabr oylarida 25 ming dollar miqdorida pul yig‘ib olganliklari aniqlangan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Aniqlanishicha, maktab direktori o‘rinbosari va “bunker”ni boshqargan shaxs avval ham xuddi shunday jinoyat uchun javobgarlikka tortilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Namanganda ta’lim tizimidagi mansabdorlar tomonidan tashkil qilingan “bunker” fosh etildi | Zamon.uz