O'zbekiston

Nogironligi bo‘lgan shaxslar kambag‘allik reyestridan chiqariladi— Prezident

Prezident 2026-yildan nogironligi bor shaxslar kambag‘allik reyestrida yuritilmasligi va ularni qo‘llab-quvvatlash to‘liq davlat zimmasiga o‘tishini ma’lum qildi. “Teng imkon” loyihasi doirasida ularga bandlik yaratilib, 30 mln so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar kambag‘allik reyestridan chiqariladi— Prezident

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasi bo‘yicha yangi tartib va ustuvor vazifalar belgilab olindi.

 

Davlat rahbari yig‘ilishda, endilikda daromad topish imkoniyati cheklangan va nogironligi bor shaxslar kambag‘allar reyestrida yuritilmasligi, ularni qo‘llab-quvvatlash to‘liq davlat zimmasiga olinishini ta’kidladi.

 

2026-yildan “Teng imkon – inklyuziv bandlik” loyihasi amaliyotga joriy qilinadi. Ushbu tashabbus doirasida nogironligi bo‘lgan 40 ming nafar fuqaroning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Shu maqsadda Bandlik jamg‘armasi tomonidan ularga 30 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Yig‘ilishda, shuningdek, kambag‘allikka qayta tushish xavfi bo‘lgan oilalar uchun mavjud ijtimoiy yordam va imtiyozlar saqlab qolinishi qayd etildi. Ular 6 oy davomida moddiy yordam va bolalar nafaqasini olishda davom etadi. Shuningdek, bog‘cha va to‘garak xarajatlarini qoplash, davolanish orderi kabi 110 ta turdagi ijtimoiy xizmat va yordamdan 12 oy mobaynida qo‘shimcha foydalanish imkoniyati yaratiladi.

 

Bundan tashqari, og‘ir hayotiy vaziyat tufayli kambag‘allik xavfi yuqori bo‘lgan oilalarni oldindan aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish tizimi kuchaytiriladi.

 

Ushbu vazifalar ijrosi ustidan nazorat, shuningdek, viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda ularni amaliyotga joriy etish mas’uliyati Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.