O'zbekiston

O‘zbekistonda ekologik qoidabuzarliklar uchun javobgarlik kompaniyalarga yuklanadi

Daryo o‘zanini buzish, daraxtlarni kesish, chiqindilarni boshqarish qoidalariga amal qilmaslik kabi holatlar yuridik shaxslarga nisbatan sanksiya qo‘llanadigan huquqbuzarliklar ro‘yxatidan joy oldi.

O‘zbekistonda ekologik qoidabuzarliklar uchun javobgarlik kompaniyalarga yuklanadi

 

2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda ekologiya sohasidagi qoidabuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar faqat yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanadi. Bu tartib Prezidentning 18-noyabr kuni imzolangan qarorida belgilandi.

 

Unga ko‘ra, ekologik qoidabuzarlik sodir etilgan taqdirda jarimani kompaniyaning o‘zi to‘lasa, ushbu holat uchun xodimlar alohida javobgarlikka tortilmaydi. Biroq jarima to‘langanligi yoki ogohlantirish berilganligi yuridik shaxsni Milliy ekologiya qo‘mitasi talablari va boshqa majburiy normalarni bajarmaslikdan ozod qilmaydi.

 

Yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiya qo‘llanadigan ekologik huquqbuzarliklar quyidagilardan iborat:

  • daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash tartibining buzilishi;
  • suv resurslarini muhofaza qilish qoidalariga amal qilmaslik;
  • daraxt va butalarni noqonuniy kesish yoki yo‘q qilish, shuningdek ularni asrash choralarini ko‘rmaslik;
  • atmosferaga zararli moddalarni chiqarish;
  • qurilish obyektlarida havo muhofazasi talablarini buzish;
  • yoqilg‘i, xomashyo yoki chiqindilarni yoqish standartlarini buzish;
  • chiqindilarni boshqarish tartib-qoidalariga rioya qilmaslik.

 

Shuningdek, avvalroq O‘zbekistonda Davlat ekologik nazorat inspektsiyasi — atrof-muhit politsiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilingan edi. Inspektsiya xodimlariga jismoniy kuch qo‘llash, elektr toki beruvchi vositalar, rezina o‘qlar va to‘rli qurollardan foydalanish kabi vakolatlar berilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda ekologik qoidabuzarliklar uchun javobgarlik kompaniyalarga yuklanadi | Zamon.uz