O'zbekiston

Rossiyada 160 mingga yaqin o‘zbekistonlik muhojir nazorat ro‘yxatidan chiqarildi

O‘zbekiston TIV va Rossiya o‘rtasida muhojirlar uchun tartiblarni soddalashtirish bo‘yicha kelishuvlar muhokama qilinmoqda; imtihonlarni O‘zbekistonda o‘tkazish va tayyorlov kurslari tashkil etish rejalashtirilgan.

Rossiyada 160 mingga yaqin o‘zbekistonlik muhojir nazorat ro‘yxatidan chiqarildi

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayevning Rossiya Federatsiyasi elchisi Aleksey Erxov bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda mehnat muhojirlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti attashesi Temurbek Hamidovning ma’lum qilishicha, Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarni qo‘llab-quvvatlash diplomatik xizmatning ustuvor vazifalari qatorida qolmoqda.

 

Diplomatik vakolatxonalar tomonidan yanvar–sentabr oylarida 50 mingdan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqildi. Yuzlab o'zbekistonliklar noqonuniy olib qo‘yilgan hujjatlari va to‘lanmagan ish haqlarini qaytarib oldi, og‘ir holatga tushgan 500 dan ziyod fuqaro moddiy yordam oldi. Hisobot davrida konsulliklarga 84 mingga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning aksariyati hujjatlashtirish, migratsiya statusi yoki vatanga qaytish bilan bog‘liq bo‘lgan.

 

Diplomatlar ko‘magida 17,5 ming o‘zbekistonlik, jumladan, vaqtincha saqlash markazlarida bo‘lgan shaxslar mamlakatga qaytarildi. O‘zi chiptani xarid qila olmagan 1500 nafar fuqaroga safar xarajatlari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qoplab berildi.

 

Toshkent va Moskva o‘zaro kelishuv doirasida muhojirlar uchun tartiblarni soddalashtirish ustida ishlamoqda. Xususan, Rossiya hududiga kirishdan avval topshirilishi lozim bo‘lgan rus tili, tarix va huquq bo‘yicha majburiy imtihonlarni O‘zbekistonda o‘tkazish, shuningdek, Toshkent va Jizzaxdagi Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallarida tayyorlov kurslarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

 

Uchrashuvda migrant bolalarining ta’lim olishi, oilaviy muhojirlarning ishga joylashish shartlari, huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar tartibi masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston tomoni barcha jarayonlar qat’iy qonun doirasida, fuqarolar huquqlarini buzmagan holda amalga oshirilishi zarurligini ta’kidladi.

 

Yil boshidan buyon o‘zbekistonlik muhojirlar ko‘p bo‘lgan hududlarda 200 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazilib, ularda 20 mingga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Tushuntirish ishlari asosan immigratsiya talablariga rioya etish, hujjatlarni rasmiylashtirish va qonuniy mehnat faoliyati masalalariga bag‘ishlandi.

 

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, migratsiya amnistiyasi e’lon qilingandan buyon 160 mingga yaqin o‘zbekistonlik nazorat ostidagi shaxslar ro‘yxatidan chiqarilgan. Shulardan 70 mingdan ortig‘i o‘zining huquqiy maqomini qonunchilik talablari asosida rasmiylashtirgan, qolganlari esa Rossiyani tark etgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘chirilgan.

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar davom etishini, Rossiya bilan migratsiya sohasidagi hamkorlik izchil va konstruktiv ruhda olib borilayotganini ma’lum qildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Rossiyada 160 mingga yaqin o‘zbekistonlik muhojir nazorat ro‘yxatidan chiqarildi | Zamon.uz