Jahon

UNICEF: Dunyo bo‘yicha 417 million bola qashshoqlik chegarasida yashamoqda

Eng yuqori ko‘rsatkichlar Afrika va Janubiy Osiyoda qayd etilgan.

UNICEF: Dunyo bo‘yicha 417 million bola qashshoqlik chegarasida yashamoqda

 

BMTning Bolalar jamg‘armasi — UNICEF tomonidan e’lon qilingan yillik hisobotga ko‘ra, hozirda butun dunyo bo‘yicha qariyb 417 million bola qashshoqlik chegarasida yashaydi deydi Oxu.az nashri.

 

Tahlillarda qayd etilishicha, 118 million bola uch yoki undan ortiq, 17 million bola esa to‘rt va undan ko‘p turdagi muhim ehtiyojlardan mahrum holda hayot kechirmoqda.

 

Hisobotda ta’kidlanishicha, toza ichimlik suvi, profilaktik tibbiy xizmatlar, sifatli ta’lim kabi asosiy ehtiyojlarning yetishmasligi millionlab bolalarni chuqur qashshoqlikka olib kelmoqda. Bu esa past va o‘rta daromadli davlatlarda har beshinchi bola og‘ir sharoitlarda yashayotganini anglatadi.

 

UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar o‘rtasidagi eng yuqori darajadagi qashshoqlik Janubiy-Sharqiy Afrika va Janubiy Osiyo mintaqalarida kuzatilmoqda.

 

Shu bilan birga, hisobotda so‘nggi o‘n yillikda ayrim ijobiy o‘zgarishlar ham qayd etilgan: 2013-yilda bolalarning 51 foizi kamida bitta og‘ir mahrumlikka duch kelgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib bu ko‘rsatkich 41 foizgacha kamaygan. UNICEF buni bolalar huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlarning natijasi sifatida baholaydi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

UNICEF: Dunyo bo‘yicha 417 million bola qashshoqlik chegarasida yashamoqda | Zamon.uz