Sherzod Kudbiyev Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi
Yangi tashkil qilingan qo'mitaning ustuvor vazifalari belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari belgilandi. Yangi tuzilmaning vazifalari mamlakatda shaharsozlik jarayonlarini to‘g‘ri yo‘naltirish va aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan.
Qo‘mita urbanizatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish va rivojlantirish, samarali hamda barqaror uy-joy siyosatini ishlab chiqish, renovatsiya dasturlarini sifatli bajarilishini ta’minlash kabi bir qator muhim yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish ishlarini boshqarish, hududlar tanlanishida qonunchilikdagi mezonlarga amal qilinishini nazorat qilish ham asosiy vazifalar sirasiga kiradi.
Mazkur tashabbuslar shaharlarni tartibsiz rivojlanishdan asrash, ularni oqilona rejalashtirish va aholiga qulay bo‘lgan infratuzilma yaratishni ko‘zda tutadi. Natijada fuqarolar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay yashash muhiti shakllanishi kutilmoqda.







