Jahon

Yaponiyada 170 dan ortiq uy-joy yonib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi

Bir uyda boshlangan yong‘in kuchli shamol sabab qo‘shni binolarga tarqalgan.

Yaponiyada 170 dan ortiq uy-joy yonib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi

 

Yaponiyaning Oita shahrida sodir bo‘lgan yirik yong‘in oqibatida 170 dan ortiq bino, jumladan ko‘plab turar-joylar butunlay yonib ketdi. Bu haqda NHK axborot agentligi xabar berdi deydi RBK nashri.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Saganoseki tumanida 18-noyabr kuni kechqurun bir uyda boshlangan yong‘in kuchli shamol sabab tezda qo‘shni binolarga tarqalgan. Yong‘in jami 48,9 ming kvadrat metr maydonni qamrab olgan.

 

Voqea joyidan bir kishining jasadi topilgan. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, marhumning yurak xuruji oqibatida vafot etgan bo‘lishi mumkin. Uning shaxsi aniqlanmoqda. Shuningdek, 50 yoshli ayol tutun bilan zaharlanish va yengil kuyishlar tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

 

Favqulodda holat sabab 167 kishi evakuatsiya qilingan, ular vaqtincha mahalliy jamoat markaziga joylashtirilgan. Taxminan 350 ta uy elektr ta’minotisiz qolgan.

 

Tokioga xizmat safaridan qaytgan prefektura gubernatori Oita Sato jabrlanganlarga barcha zarur yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi. Prefektura hokimiyati, shahar ma’muriyati va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda vaqtinchalik uy-joy ajratish va qo‘shimcha talafotlarning oldini olish choralarini ko‘rmoqda.

 

Saganoseki hududi ko‘p hollarda yog‘ochdan qurilgan kam qavatli uylar bilan zich joylashgani tufayli yong‘in qisqa fursatda katta hududga tarqalgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yaponiyada 170 dan ortiq uy-joy yonib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz