O'zbekiston

Sariosiyo tumani hokimi o‘rinbosari pora olgani uchun 3 yilga qamaldi

U bog‘chaga ishga kiritib qo‘yish va’dasi evaziga 500 dollar olayotganda qo‘lga tushgan.

Sariosiyo tumani hokimi o‘rinbosari pora olgani uchun 3 yilga qamaldi

 

Sariosiyo tumanida mansab vakolatlaridan suiiste’mol qilish holati yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi. Tuman hokimining sobiq o‘rinbosari A.Q. bog‘chaga ishga joylab qo‘yishni va’da qilgan holda bir fuqaro­dan o‘z xizmat xonasida 500 AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, A.Q. 2025-yil 21-sentyabr kuni ushlangan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. U 2020-yildan buyon tumanning hokim o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

 

Sud-tergov jarayonida u aybga qisman iqror bo‘lgan bo‘lsa-da, mablag‘ni “qarz sifatida olganini” ta’kidlagan. Biroq tergov materiallari, dalillar va guvohlarning ko‘rsatmalari asosida sud uning aybini to‘liq tasdiqladi.

 

Adliya organlarining ma’lum qilishicha, sud hukmiga ko‘ra A.Q. Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish/berish) bo‘yicha aybdor deb topildi hamda 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Shuningdek, unga 2 yil 1 oy davomida davlat organlarida mansabdor lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum etish jazosi belgilandi. Jinoyat predmeti bo‘lgan 500 AQSh dollari esa davlat daromadiga undirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sariosiyo tumani hokimi o‘rinbosari pora olgani uchun 3 yilga qamaldi | Zamon.uz