O'zbekiston

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Van I janoblari markaz foyesidagi 14 ta ravoqda joylashtirilgan allomalar va tarixiy shaxslarga bag‘ishlangan kompozitsiyalar bilan yaqindan tanishdi.

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Tashqi ishlar vaziri Van I janoblarini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mehmon O‘zbekistonga amaliy tashrif doirasida Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati, uning vazifalari va ekspozitsiyasi bilan yaqindan tanishdi.

 

Van I janoblari, xususan, markaz foyesidagi 14 ta ravoqda joylashtirilgan allomalar va tarixiy shaxslarga bag‘ishlangan kompozitsiyalar bilan yaqindan tanishdi.

 

Ekspozitsiyaning ilmiy qismida Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino kabi mutafakkirlarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissalari haqidagi maʼlumotlar, xususan «Al-Jabr val-Muqobala» asari, algoritm tushunchasining paydo bo‘lishi va lotin raqamlarining shakllanish tarixi Van I tomonidan yuqori baholandi.

 

Oliy martabali mehmon Islom davrigacha oid ekspozitsiyada Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm, Kushon kabi qadimiy sivilizatsiyalar, ularning Xitoy bilan ilmiy-madaniy aloqalari, Ipak yo‘li tarixi bo‘yicha taqdim etilgan materiallarni katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirdi. Uzoq tarixiy hamkorlikning ilk bosqichi sifatida Farg‘ona otlari, beda urug‘i va uzumdonlarning Xitoyga olib ketilgani haqidagi maʼlumotlar mehmonda ayniqsa kuchli taassurot qoldirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi | Zamon.uz