O'zbekiston

“O‘zgidromet”: Toshkentdagi havo sifati 24-noyabrdan boshlab yaxshilanishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” rahbari havo sifatining yomonlashishi sabablari va vaziyat qachon barqarorlashishini ma’lum qildi.

“O‘zgidromet”: Toshkentdagi havo sifati 24-noyabrdan boshlab yaxshilanishi kutilmoqda

 

O‘zgidromet direktori Sherzod Habibullaev Toshkentda hamda bir qator boshqa shaharlarda kuzatilayotgan havo sifatining keskin pasayishiga oid omillar yuzasidan izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir nechta tabiiy jarayonlarning bir vaqtda sodir bo‘lishi muammo chuqurlashishiga olib kelgan. Vaziyat 24-noyabrdan keyin bosqichma-bosqich yaxshilanib borishi kutilmoqda.

 

Habibullaevning ma’lumotiga ko‘ra, havo sifatiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan omil — harorat inversiyasi. Sovuq havo yerga cho‘kib, iliq havo yuqori qatlamda qolib ketgani tufayli havo qatlamlari aralashmay qoladi. Bu sharoitda inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan PM10 zarrachalari past qatlamda to‘planib, havoning ifloslanish darajasini oshiradi. Shunga o‘xshash holat har yili noyabrdan fevralgacha Olmaota, Bishkek va Dushanbe kabi shaharlarda ham kuzatiladi.

 

Ikkinchi omil — yog‘ingarchilikning kamligi. Noyabr oyida Toshkentda deyarli yomg‘ir yog‘magani sababli havo tabiiy ravishda tozalanmayapti. Bu esa chang va kuyik zarralarining atmosferada uzoq vaqt qolib ketishiga olib kelmoqda.

 

Uchinchi omil — qurg‘oqchilik va tabiiy changning ortishi. O‘zbekiston quruq iqlim zonasida joylashgani, vegetatsiya pasayishi, global isish ta’siri va shamol jarayonlarining kuchayishi fonida chang darajasi yil sayin oshib bormoqda. Bu yil esa hatto shamolsiz kunlarda ham PM10 ko‘rsatkichlari me’yordan yuqori bo‘lib qolmoqda.

 

Habibullaevning ta’kidlashicha, holat mavsumiy xarakterga ega va vaqtinchalik. Vakolatli idoralar vaziyatni uzluksiz monitoring qilib bormoqda hamda zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha choralar ko‘rishga tayyor.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“O‘zgidromet”: Toshkentdagi havo sifati 24-noyabrdan boshlab yaxshilanishi kutilmoqda | Zamon.uz