Jahon

Tramp va Zohran Mamdani Oq uyda uchrashdi, uchrashuv do‘stona va konstruktiv o‘tdi

Saylov kampaniyasi chog‘ida Tramp uning saylanishiga qarshi chiqib, hatto uni “kommunist” deb atagan, Mamdani esa prezidentni “despot” va “fashist” deya tanqid qilgan edi.

Tramp va Zohran Mamdani Oq uyda uchrashdi, uchrashuv do‘stona va konstruktiv o‘tdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi Oval kabinetda yaqinda saylangan Nyu-York meri Zohran Mamdani bilan uchrashdi. Avvaldan bir-birini keskin tanqid qilib kelgan ikki siyosatchi o‘rtasidagi ilk uchrashuv kutilganidan ancha iliq va konstruktiv ruhda o‘tdi.

 

BBC’ning Vashingtondagi muxbiri Bernd Debussmanning xabar berishicha, Tramp Mamdaniga samimiy munosabat bildirgan va Oq uy yangi merga hamkorlik qilishi, “kutilganidan ham ko‘proq masalalarda kelishuvga erishilishi”ni ta’kidlagan.

 

“Bizning umumiy maqsadimiz bor — sevgan shahrimizning ravnaqi”, dedi Tramp.

 

Mamdani esa prezidentning uchrashuv davomida ziddiyatlarga emas, balki Nyu-York aholisiga xizmat qilishdek umumiy vazifaga urg‘u berganini alohida qayd etdi.

 

Demokratlardan nomzod bo‘lgan 34 yoshli Mamdani noyabr boshida o‘tkazilgan saylovda g‘alaba qozongan edi. Saylov kampaniyasi chog‘ida Tramp uning saylanishiga qarshi chiqib, hatto uni “kommunist” deb atagan, Mamdani esa prezidentni “despot” va “fashist” deya tanqid qilgan edi.

 

Shunga qaramay, Oq uydagi uchrashuvda kayfiyat ijobiy bo‘lib, siyosatchilar jurnalistlar savollariga hazil aralash munosabat bildirdi. Tramp Mamdanining ilgari aytgan keskin ta’riflariga izoh berar ekan, “Meni bundan ham yomon so‘zlar bilan atashgan, bu unchalik katta muammo emas”, dedi. Savolga javoban Mamdanining jilmayib “ha” deb tasdiqlashi uchrashuvdagi yumshoq ohangni yanada mustahkamladi.

 

Tomonlar qator masalalarda farqli pozitsiyani saqlab qolgan bo‘lsa-da, uchrashuvda muhim dolzarb mavzular — jinoyatchilikka qarshi kurash, shahar xavfsizligi va aholining ijtimoiy himoyasi bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Mamdani ICE agentliklari tomonidan o‘tkazilayotgan reydlar borasida noroziliklarni ko‘targanini aytdi. Tramp esa suhbat asosan jinoyatchilik mavzusiga qaratilganini bildirdi.

 

34 yoshli Zohran Mamdani — Nyu-York tarixidagi eng yosh merlardan biri, shuningdek, musulmon bo‘lgan birinchi mer va afro-amerikalik (Ugandada tug‘ilgan) mer hisoblanadi. Uning tezkor siyosiy yuksalishi Reuters agentligi tomonidan Demokratik partiya ichidagi muhim o‘zgarishlar belgisi sifatida baholanmoqda.

custom img

AQSh Grenlandiyadagi harbiy bazalarga kirish bo‘yicha Daniya bilan muzokara olib bormoqda

Hozirda Grenlandiya hududida bitta AQSh harbiy bazasi faoliyat yuritmoqda.

custom img

Tramp NATOdan chiqish masalasini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi

AQSH prezidenti NATO ittifoqchilari Eronga qarshi operatsiyada AQShni qo‘llamaganini tanqid qildi.

custom img

BAA Eron fuqarolarining mamlakatga kirishi va tranzitni ta'qiqladi

Cheklov darhol kuchga kirib, rezident vizasi egalari ham qamrab olindi.

custom img

Afg‘onistonda suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 40 dan ortiq kishi halok bo'ldi

Tabiiy ofatlar sabab 476 ta uy shikastlangan, 290 gektarga yaqin qishloq xo‘jaligi yerlari zarar ko‘rgan.

custom img

Eron prezidenti urushni to‘xtatish shartini ma’lum qildi

Pezeshkian Yevropa davlatlarini Eronga nisbatan siyosatini xalqaro huquq asosida qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

custom img

Eron urushining iqtisodiyotga ta’siri oylar davomida seziladi — Avstraliya bosh vaziri

Avstarliya hukumati global iqtisodiy bosimlardan aholini to‘liq himoya qila olmasligini bildirdi.

custom img

Rossiya Ukrainaning Lugansk viloyati ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini ma’lum qildi

Moskva 2022-yil fevralida boshlangan urushdan buyon uchinchi bor shunday bayonot bermoqda.

custom img

Isroil hujumlari oqibatida Bayrutda 7 kishi halok bo‘ldi

Shuningdek, “Hizbulloh” Livan janubida Isroil qo‘shinlariga qarshi jang qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"