Jahon

Yevroparlamentning sobiq deputati Rossiyaga ishlagani uchun 10,5 yilga qamaldi

London sudi uni Rossiya manfaatlari uchun xizmat qilganlikda va pora olganlikda ayblamoqda.

Yevroparlamentning sobiq deputati Rossiyaga ishlagani uchun 10,5 yilga qamaldi

 

Buyuk Britaniyada Yevroparlamentning sobiq deputati, uelslik siyosatchi Natan (Neytan) Gill Rossiya Federatsiyasining Yevropadagi siyosiy manfaatlari uchun xizmat qilgani va pora olgani uchun 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Londonning Old Beyli sudida 21-noyabr kuni o‘qilgan hukmdan so‘ng Skotland-Yard rasmiy bayonot berdi.

 

Sudya Bobbi Cheema-Grubbning ta’kidlashicha, Gill Yevroparlament a’zosi bo‘lgan davrida “davlat vakili sifatida o‘z vazifalarini buzgan holda haq evaziga xizmat ko‘rsatgan” hamda Ukraina bo‘yicha Moskva narrativlariga mos keluvchi bayonotlarni ataylab ilgari surgan. Sudya bu harakatlar Buyuk Britaniya milliy xavfsizligiga tahdid solganini qayd etdi.

 

52 yoshli siyosatchi sentyabr oyida 2018-yil dekabridan 2019-yil iyuligacha olgan noqonuniy to‘lovlar bilan bog‘liq sakkizta poraxo‘rlik epizodini tan olgan. Prokuror Mark Xeyvudga ko‘ra, Gill pora evaziga Yevroparlamentdagi aloqalaridan foydalanib, muayyan masalalarni ko‘targan va Rossiya manfaatiga xizmat qiluvchi tadbirlarni tashkil etgan.

 

Tergov davomida aniqlanishicha, Gill pulni rossiyaparast pozitsiyalari bilan tanilgan, Ukrainadagi “Oppozitsiya platformasi — Hayot uchun” partiyasining sobiq deputati Oleg Voloshindan olgan. Voloshin Ukraina sharqidagi “DXR” va “LPR” tuzilmalarini oqlovchi chiqishlari bilan tanilgan bo‘lib, 2022-yilda AQSh sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan.

 

U 2023-yilda Ukrainada davlatga xiyonatda ayblangan, biroq hujum boshlanishidan oldin mamlakatni tark etgani aniqlangan. Mahalliy OAV uning Belarusda yashayotgani haqida xabar bergan.

 

Voloshinning Germaniyaning o‘ng qanot populistik AfD partiyasi vakili Maksimilian Krah bilan aloqa qilgani haqida ham ma’lumotlar mavjud. Der Spiegelning yozishicha, AQSh razvedkasi ularning yozishmalarini qo‘lga kiritgan bo‘lib, unda Voloshin tomonidan “ma’lum topshiriqlar uchun kompensatsiya” taklif qilingani qayd etilgan.

 

Krah hozirda Xitoy bilan bog‘liq korrupsiya gumoni tufayli Bundestag tomonidan daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Yevroparlamentning sobiq deputati Rossiyaga ishlagani uchun 10,5 yilga qamaldi | Zamon.uz