Jahon

Ukraina-Rossiya mojarosi uchun sulh rejasining to‘liq varianti eʼlon qilindi

Hujjat chagaraviy va siyosiy bie necha bandlarni o'z ichiga oladi.

Ukraina-Rossiya mojarosi uchun sulh rejasining to‘liq varianti eʼlon qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan matnga ko‘ra, taklif etilayotgan reja Krim, Donetsk va Luganskni amalda Rossiya hududlari sifatida tan olishni, Xerson va Zaporijjya hududlarini esa kontakt chizig‘i bo‘ylab “muzlatilgan” holatda qoldirishni nazarda tutadi. Hujjatda shuningdek hududning ayrim qismlari demilitarizatsiyalangan bufer zonasiga aylantirilishi va tomonlarning chegaralarni kuch bilan o‘zgartirmaslikka va’dalari qayd etilgan.

 

Harbiy bandlarda Ukraina Qurolli Kuchlari sonini 600 ming kishiga cheklash va NATO kuchlarini mamlakat hududida joylashtirmaslik kabi talablar bor. Rejada, shuningdek, NATOning aviatsiyasi Polshada joylashganligi va AQSh–NATO–Rossiya xavfsizlik muloqoti, shu jumladan AQSh-Rossiya ishchi guruhi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Hujjat Rossiyaning Ukrainaga va Yevropaga qarshi tajovuz qilmaslikka doir qator siyosiy majburiyatlarini ham rasmiylashtirishni ko‘rsatadi.

 

Iqtisodiy blok bo‘yicha takliflarda AQSh va Yevropa Ukraina tiklanishiga katta miqdorda investitsiyalar ajratadi; muzlatilgan Rossiya aktivlaridan katta summalar Ukraina tiklanishiga yo‘naltiriladi va ayni paytda Rossiyaga bosqichma-bosqich sanksiyalarni bekor qilish, G8ga qaytish va uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlari ham tilga olingan. Hujjatda amalga oshirish mexanizmi sifatida imzolanganidan keyin monitoringni Donald Tramp boshchiligidagi “Tinchlik Kengashi” amalga oshirishi taklif qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, bu variant ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va uning rasmiy tasdiqlanganligi yoki tomonlar tomonidan qabul qilinganligi haqida mustaqil manbalar tasdiqlamagan. Taklif jiddiy siyosiy, harbiy va xalqaro huquqiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin, shuning uchun bunday hujjatning kelib chiqishi va rasmiy maqomi bo‘yicha tasdiqlangan manbalardan tekshirish muhim.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ukraina-Rossiya mojarosi uchun sulh rejasining to‘liq varianti eʼlon qilindi | Zamon.uz