O'zbekiston

IIV tizimida tozalash ketmoqda: salkam 500 nafar xodim ishdan bo‘shatildi

557 nafar rahbar va xodimga noo‘rin harakatlari uchun intizomiy jazolar qo‘llanilgan.

IIV tizimida tozalash ketmoqda:  salkam 500 nafar xodim ishdan bo‘shatildi

Joriy yilda IIV SHXBB tomonidan 60 ga yaqin nopok xodimga tezkor tadbir o‘tkazilib, jazolandi. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, 557 nafar rahbar va xodimga noo‘rin harakatlari uchun intizomiy jazolar qo‘llanilgan. 479 nafar xodim tizimdan bo‘shatilgan.

 

Xususan, Toshkent viloyati IIBB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimi fuqaroni kelgusida isteʼmolga yaroqsiz go‘sht maxsulotlarini olib o‘tishiga ko‘z yumish evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

 

Holat yuzasidan JKning 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, xodimga nisbatan “qamoqqa olish” extiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Navbatdagi holat Samarqanda yuz bergan. Unda Pastdarg‘om tuman IIB profilaktika inspektori ish yurituvidagi hujjatlar bo‘yicha fuqaroga chora ko‘rmaslik evaziga undan 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

 

Holat yuzasidan JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, xodimga nisbatan “qamoqqa olish” extiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Yana bir xolatda. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB patrul-post xizmati xodimi fuqaroni avtomashinasidan giyohvandlik moddasini aniqlab chora ko‘rmaslik evaziga undan umumiy qiymati 11 million sumlik tilla taqinchoqlarni tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.

 

Xodim IIOdan bo‘shatilgan va to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

IIV tizimida tozalash ketmoqda: salkam 500 nafar xodim ishdan bo‘shatildi | Zamon.uz