Komil Allamjonov prezident administratsiyasining AQSHdagi vakili lavozimiga tayinlandi
Shu bilan birga, u prezident administratsiyasi rahbari maslahatchisi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishiga ko‘ra, Komil Ismoilovich Allamjonov yangi lavozimni egalladi. U endilikda maslahatchi-vakil — Prezident Administratsiyasining AQSHdagi vakili sifatida faoliyat yuritadi.
Rasmiy maʼlumotga ko‘ra, Komil Allamjonov shu bilan birga O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi sifatidagi ishini ham davom ettiradi. Bu tayinlov uning faoliyat maydonini kengaytirib, xalqaro yo‘nalishda ham yangi vazifalar yuklaydi.
Allamjonov so‘nggi yillarda davlat boshqaruvi, axborot siyosati va xalqaro aloqalar yo‘nalishida faol ishtirok etib kelmoqda. Yangi lavozim esa AQSH bilan muloqot va hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi kutilmoqda.







