O'zbekiston

“Ko‘p gapirmasdan amaliy jasorat ko‘rsating” — Shohrux Shodmonov havo ifloslanayotganiga munosabat bildirdi

U masʼullarni hisobot va izohlar bilan cheklanmasdan, real harakatlar boshlashga chaqirmoqda.

“Ko‘p gapirmasdan amaliy jasorat ko‘rsating” — Shohrux Shodmonov havo ifloslanayotganiga munosabat bildirdi

Toshkent shahri Chilonzor tumani kengashi deputati, xonanda Shohrux Shodmonov masʼullarni havo ifloslanishiga qarshi real harakatlar boshlashga chaqirdi. Bu haqida u o‘zining Instagram sahifasida post yozib qoldirdi.

 

“Bu mavsumiylik yoki tabiiy jarayonlar emas, bu — befarqlik natijasidir. Bolalarimiz zaharli havodan nafas olmoqda. Odamlar niqob va tozalagichlar bilan o‘z sog‘lig‘ini himoya qilishga urinmoqda. Biroq, hammaning ham bunday narsalarni sotib olishga imkoni yo‘q. Aholi qo‘lidan kelganini qilmoqda, lekin masʼul tuzilmalar hanuz faqat hisobot va izohlar bilan cheklanmoqda”, — deya qayd etdi deputat.

 

Uning taʼkidlashicha, ekologiya masʼullari bu masalani tez, qatʼiy va keskin tarzda hal qilishi kerak.

 

«Sizlarning sustkashligingizdan millionlab tirik odamlar aziyat chekyapti. Shu kunlarda sizlarga kengaytirilgan vakolatlar va real vositalar berildi. Bu sizlar uchun qahramonlarga aylanish imkoniyati!

 

“Agar shundan keyin ham hech nima qila olmasangiz, unda bilmadim sizlarni nima deb atashni. Shuning uchun ko‘p gapirmasdan amaliy jasorat ko‘rsating!” — deb postini yakunlagan Shohrux Shodmonov.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Ko‘p gapirmasdan amaliy jasorat ko‘rsating” — Shohrux Shodmonov havo ifloslanayotganiga munosabat bildirdi | Zamon.uz