O'zbekiston

Navoiyda 3 yoshli qizning qo‘li go‘sht maydalagichga kirib ketdi

Qizcha ovqat uchun go‘sht tayyorlayotgan onasining yonida turgan va kutilmaganda qo‘lini maydalagichning yuqori qismidagi bo‘shliqdan tushirib yuborgan.

Navoiyda 3 yoshli qizning qo‘li go‘sht maydalagichga kirib ketdi

Navoiy viloyatining Zarafshon shahridagi xonadonlardan birida 3 yoshli qizaloqning qo‘li go‘sht maydalagichga kirib ketdi. Bu haqida o‘z manbalariga tayanib, Kun.uz nashri xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, qizcha ovqat uchun go‘sht tayyorlayotgan onasining yonida turgan va kutilmaganda qo‘lini maydalagichning yuqori qismidagi bo‘shliqdan tushirib yuborgan. Ona darhol qurilmani to‘xtatgan, ammo barmoqlar metall konstruksiya ichida siqilib qolgan. Jihoz metalldan ishlangani hisobiga uni sindirish imkoni bo‘lmagan.

 

Shundan so‘ng, ayol shahar tez tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilgan. Tez tibbiy yordam xodimlari 12 daqiqa ichida voqea joyiga yetib borgan. Bolani harakatlantirish jarayonida jarohat yana-da chuqurlashib ketmasligi uchun 3 nafar tibbiyot xodimi qizaloqni go‘sht qiymalagich bilan birga shifoxonaga ko‘tarib kelishgan.

 

Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi travmatolog-shifokori Elmurod Ahatovning maʼlum qilishicha, bola shifoxonaga olib kelinganda hushi bor, ammo og‘riq shoki ostida edi. Chap qo‘lida ko‘p miqdorda qon ketishi, yumshoq to‘qimaning chuqur shikastlanishlari kuzatilgan. Jarohat asosan chap qo‘l barmoqlari va kaft qismida yuzaga kelgan.

 

“Operatsiya 2 soatdan ortiq davom etdi. Jarayon juda murakkab bo‘ldi, barmoq paylari, nerv tolalari, mushaklarning bir qismi jarohatlangandi. Operatsiyada mikrojarrohlik tikuvlari, maxsus optik uskunalar, qon tomirlarini tiklash uchun nozik jarrohlik iplaridan foydalanildi. Eng qiyin qism barmoqlardagi qon tomirlarni tiklash bo‘ldi. Chunki bunday yoshdagi bolalarda tomirlar juda nozik, ularni tiklash uchun katta tajriba va aniqlik talab etiladi”, – deydi Elmurod Ahatov.

 


Shifokorning aytishicha, dastavval qo‘lni saqlab qolish imkoniyati 50 foizdan past baholangan. Jarohat chuqur bo‘lgani, yirik nerv tolalari va qon tomirlari shikastlangani sababli nekroz, funksiyani yo‘qotish xavfi yuqori bo‘lgan.

 

Hozirda qizaloqning ahvoli barqaror, u jarrohlikdan keyingi kuzatuv palatasida. Tiklanish jarayoni kamida 2–3 oy, to‘liq motor funksiyalarini tiklash esa 6 oygacha davom etishi mumkin.

 

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Navoiyda 3 yoshli qizning qo‘li go‘sht maydalagichga kirib ketdi | Zamon.uz