Jahon

Qirg‘iziston sobiq prezidentining o‘g‘li va bir qator siyosatchilar hibsga olindi

Ular ommaviy tartibsizliklarni rejalashtirganlikda gumonlanmoqda.

Qirg‘iziston sobiq prezidentining o‘g‘li va bir qator siyosatchilar hibsga olindi

 

Qirg‘izistonda sobiq prezident Almazbek Atambayevning o‘g‘li Qodirbek Atambayev hamda bir qator siyosiy arboblar ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar orasida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Damir Musakeyev, Sotsial-demokratik partiya yetakchisi Temirlan Sultonbekov, sobiq deputatlar Shaylobek Atazov va Kubanichbek Qodirovlar ham bor.

 

Huquq-tartibot idoralari ushbu shaxslar parlament saylovi natijalari e’lon qilingach, ommaviy norozilik kayfiyatini uyg‘otish maqsadida bir qator noqonuniy yig‘inlar rejalashtirganini bildirgan. Tergov materiallariga ko‘ra, ular “konstitutsiyaga zid talablar qo‘yish”, ma’muriy binolar, telekanallar, xavfsizlik obyektlari va jazoni ijro etish muassasalarini egallashga urinishni muhokama qilgan.

 

Tintuv vaqtida qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, granatalar, aloqa vositalari, moliyaviy hujjatlar, giyohvand moddalar hamda 150 ming AQSh dollari miqdoridagi naqd pul musodara qilingan. Ayblanuvchilarga Jinoyat kodeksining “Ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rish” moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

 

Temirlan Sultonbekov sud qarori bilan 17-yanvargacha hibsda qoldirildi. Shuningdek, Ermek Ermatov va Urmat Asqarbekovlar ham tergov hibsxonasiga joylashtirilgan. Qodirbek Atambayev, Damir Musakeyev, Shaylobek Atazov va Kubanichbek Qodirovlarning hibsga olinishi bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

 

22-noyabr kuni sobiq prezidentning rafiqasi va yana bir farzandi huquq-tartibot organlariga so‘roq uchun chaqirilgan. O‘sha kuni iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha davlat xizmatining sobiq rahbari Syimik Japikeev ham hibsga olingani haqida xabar berildi.

 

Shu bilan birga, sentyabr oyida Bishkek sudi Kloop axborot portalining ikki sobiq xodimini ommaviy tartibsizliklarni qo‘zg‘atganlikda aybdor deb topib, besh yilga ozodlikdan mahrum etgan edi. Mahalliy OAV vakillari davom etayotgan jarayonlarni “siyosiy bosim” deb baholamoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qirg‘iziston sobiq prezidentining o‘g‘li va bir qator siyosatchilar hibsga olindi | Zamon.uz