O'zbekiston

Ekologiya milliy qo'mitasi barcha qurilish kompaniyalarini ogohlantirdi

Talablar buzilganda jarima, faoliyatni 10 kun to‘xtatish yoki tugatish choralari qo‘llanadi.

Ekologiya milliy qo'mitasi barcha qurilish kompaniyalarini ogohlantirdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi barcha qurilish tashkilotlariga qurilish jarayonida atmosfera havosini muhofaza qilishga doir talablar qat’iy bajarilishi shartligi haqida rasmiy ogohlantirish yo‘lladi.

 

Qonunchilik talablariga ko‘ra, qurilish maydonlarida quyidagi majburiy choralar amalga oshirilishi kerak:

 

— qurilish jarayonida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

 

— kirib-chiqish yo‘laklarida osma yomg‘irlatgichlar va suv purkagichlar o‘rnatish;

 

— avtotransport vositalari g‘ildiraklarini majburiy yuvish uchun maxsus yuvish posti tashkil etish;

 

— chang tarqalishini cheklash maqsadida maydonni to‘siqlar, himoya qoplamalari yoki maxsus materiallar bilan jihozlash.

 

Ko‘rsatilgan talablarning bajarilmasligi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq jarima va boshqa choralar qo‘llanishiga olib kelishi mumkin. Qoidabuzarlik aniqlanganda faoliyat 10 ish kunigacha vaqtincha to‘xtatilishi yoki belgilangan tartibda butunlay tugatilishi ehtimoli ham mavjud.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ekologiya milliy qo'mitasi barcha qurilish kompaniyalarini ogohlantirdi | Zamon.uz