O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi ekologik vaziyat bo‘yicha tezkor yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident administratsiyasi rahbari tomonidan dolzarb muammoga barham berish bo’yicha ishlab chiqilgan kompleks takliflar davlat rahbariga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan Prezident Farmoni loyihasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi ekologik vaziyat bo‘yicha tezkor yig‘ilish o‘tkazdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi havoning ifloslanish darajasini kamaytirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Tadbirda Administratsiya hamda aloqador idoralar rahbarlari ishtirok etdi va poytaxtdagi ekologik vaziyatni baholadi.

 

Yig‘ilishda so‘nggi kunlarda havoning yuqori darajada ifloslanayotgani, aholi salomatligi uchun xavf tug‘dirayotgani qayd etildi. Mas’ullar fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar, jamoatchilik takliflari va havo sifatini yaxshilash bo‘yicha hisobotlarini taqdim etdi.

 

Saida Mirziyoyeva ekspert xulosalariga tayangan holda tezkor, o‘rta va uzoq muddatli chora-tadbirlarni belgiladi. Ular orasida ekologik nazoratni kuchaytirish, ifloslantiruvchi obyektlar faoliyatini cheklash, qurilish talablarini qat’iylashtirish, shaharni keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish va havo sifatini monitoring qilish tizimini joriy etish kiradi.

 

Belgilangan chora-tadbirlar yaqin orada davlat rahbariga taqdim etiladigan Prezident Farmoni loyihasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu qadamlar aholi salomatligini himoya qilish va atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, amaliyotga joriy etilishi kutilyapti.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi ekologik vaziyat bo‘yicha tezkor yig‘ilish o‘tkazdi | Zamon.uz