Jahon

Sankt-Peterburgda migrantlarga kurerlik qilish ta'qiqlandi

Rasmiylar chora-tadbirlarni norasmiy bandlikka qarshi kurash va mahalliy aholiga ish o‘rinlari yaratish bilan izohlamoqda.

Sankt-Peterburgda migrantlarga kurerlik qilish ta'qiqlandi

 

22-noyabrdan boshlab Sankt-Peterburgda kurerlik yetkazib berish xizmatlari uchun yangi tartib joriy etildi. Unga ko‘ra, shaharda ishlash uchun ruxsatnoma (patent) asosida mehnat qilayotgan chet ellik fuqarolarga kurerlik qilish taqiqlanadi. Ushbu cheklov kuchga kirishi bilan qator yetkazib berish xizmatlari o‘z faoliyatini qayta tashkil etishni boshladi.

 

Yandex hamkor kompaniyalari taqiq kuchga kirishi bilan birga uch oylik moslashuv davrini boshlab yuborganini ma’lum qildi. Buyurtma yetkazish huquqidan mahrum bo‘lgan xodimlarga logistika markazlarida terimchi yoki ombor ishchisi kabi muqobil lavozimlar taklif qilinmoqda. Kompaniya mehnat bozorida ishchi kuchi tanqisligi kuchayishi mumkinligini qayd etmoqda.

 

Sanoat vakillarining ta’kidlashicha, kurerlar sonining qisqarishi shahar aholisi uchun yetkazib berish xizmatlari mavjudligiga bevosita ta’sir qilishi mumkin. Xususan, xizmat narxining oshishi va yetkazib berish muddatlarining uzayishi ehtimoli yuqori.

 

O‘zgarishlarga birinchi bo‘lib Samokat shirkati javob qaytardi. Ayrim hududlarda oziq-ovqat yetkazib berish bo‘yicha minimal buyurtma miqdori 40 foizgacha oshirildi (masalan, Dunayskiy prospektida 440 rubl o‘rniga 750 rubl). Boshqa hududlarda o‘zgarish nisbatan kichik – 2–10 foiz atrofida bo‘ldi. Ayrim markaziy hududlarda esa aksincha – minimal buyurtma miqdori 10 foizga kamaytirildi.

 

Restoran yetkazib berish xizmatlarida ham keskin tafovut kuzatildi: ba’zi muassasalar tariflarni pasaytirgan bo‘lsa, boshqalari ma’lum hududlarda bepul yetkazib berishni joriy etdi. Mutaxassislar buni mavjud kurerlar o‘rtasida ish yuklamasini qayta taqsimlash hamda mijozlarni saqlab qolish strategiyalari bilan bog‘lashmoqda.

 

Yetkazib berish kompaniyalari cheklovlar mehnat muhojirlari uchun bozorga kirish jarayonini murakkablashtirayotganini, ayniqsa mavjud kadrlar tanqisligi sharoitida bu qo‘shimcha to‘siq ekanini ta’kidlamoqda. “Yandeks”ning ayrim shaxsiy infratuzilmalari (masalan, omborlari) xodimlarni boshqa vazifalarga o‘tkazish imkonini bersa-da, soha vakillari bu yo‘qotishlarni to‘liq qoplamasligini aytmoqda.

 

Avvalroq RBC Peterburg ma’lumotiga ko‘ra, mazkur cheklovlar sabab Sankt-Peterburg taxminan 10 mingta patentdan mahrum bo‘lishi mumkin edi — bu esa 2026-yil byudjetiga 960 million rublgacha daromad keltirishi kutilayotgan edi. Shu bilan birga, 19-noyabr kuni deputatlar chet elliklar uchun ruxsatnoma narxini 6 800 rublgacha oshirishni qo‘llab-quvvatladilar. Ammo sanoat vakillari fikricha, taksi va yetkazib berish sohasida patentlar kamayishi narx oshishidan keladigan qo‘shimcha daromadni qoplaydi.

 

Shahar rasmiylari yangi qoidalar norasmiy bandlikka qarshi kurashish, xizmatlar sifatini oshirish va mahalliy aholiga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni maqsad qilganini ma’lum qilmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Sankt-Peterburgda migrantlarga kurerlik qilish ta'qiqlandi | Zamon.uz