O'zbekiston

Toshkentda 490 gramm “gashish” yashirilgan kuryer jo‘natmasi qo‘lga olindi

Tezkor tadbir davomida jo‘natma va uni qabul qiluvchilar bir vaqtning o‘zida fosh etilgan.

Toshkentda 490 gramm “gashish” yashirilgan kuryer jo‘natmasi qo‘lga olindi

Toshkent shahridagi “Toshkent-AERO” IBK tezkor xodimlari tomonidan giyohvand moddalarni yashirin tarzda yetkazishga urinish fosh etildi. Tezkor tadbir davomida 490 gramm og‘irlikdagi “gashish” saqlangan kuryer jo‘natmasi aniqlanib, uni qabul qilayotgan shaxs qo‘lga olindi.

 

Mirobod tumanida o‘tkazilgan tadbir chog‘ida, hujjatlarga ko‘ra qutida kosmetika vositalari va shirinliklar bo‘lishi kerak edi. Ammo tekshiruv natijasida ushbu qog‘oz quti ichidan 490 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi topildi. Jo‘natmani olib, pochta bo‘limidan chiqayotgan fuqaro tezkor xodimlar tomonidan to‘xtatildi.

 

Tadbir davom ettirilib, ushbu jo‘natmani olishi kerak bo‘lgan ikkinchi fuqaro ham qo‘lga olindi. Uning yashash xonadoniga o‘tkazilgan tekshiruv vaqtida giyohvand moddalarni “zakladka” usulida yashirishga mo‘ljallangan magnit toshlar, elektron tarozilar, izolyentlar va boshqa vositalar topildi.

 

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda 490 gramm “gashish” yashirilgan kuryer jo‘natmasi qo‘lga olindi | Zamon.uz