Toshkentda “Prezident Olimpiadasi” munosabati bilan transportlar harakati vaqtincha cheklanadi
Yo'l harakati faqat maxsus transport vositalari uchun ruxsat etiladi.

24-noyabrdan 4-dekabrga qadar Prezident Olimpiadasining birinchi va ikkinchi bosqichlari o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahrida transport harakati vaqtincha cheklanadi.
Cheklovlar Yangi O‘zbekiston ko‘chasining yangi mehmonxonalar tomon (Yangi O‘zbekiston bog‘i chegarasi bo‘ylab), shuningdek, Milliy Bog‘ ko‘chasidan yangi mehmonxonalargacha bo‘lgan qismiga ta’sir qiladi. Ushbu hududlarda yo‘l harakati faqat maxsus transport vositalari uchun ruxsat etiladi.







