Jahon

Tramp maʼmuriyati Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasida Kiyev manfaatlariga oid ayrim o‘zgarishlar kiritilishi mumkinligini bildirdi

Armiya soni bo‘yicha chegara, “Tomahawk” raketalari va razvedka yordami kabi masalalar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Tramp maʼmuriyati Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasida Kiyev manfaatlariga oid ayrim o‘zgarishlar kiritilishi mumkinligini bildirdi

 

 

The Washington Post kolonnisti Devid Ignatiusning yozishicha, Ukraina bo‘yicha ishlab chiqilayotgan yangi tinchlik rejasi Kiyev rahbariyati uchun jiddiy siyosiy qarorlarni talab qiladigan jarayonga aylangan. Jurnalist AQSH maʼmuriyatidagi bir necha manbalar bilan suhbatlashib, Vashington pozitsiyasi va takliflar qanday yuzaga kelgani haqida maʼlumot olgan.

 

Manbalarga ko‘ra, tinchlik rejasi bo‘yicha muhokamalar bir oycha oldin boshlangan va o‘tgan hafta Ukraina Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Rustem Umerovning Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan Floridada uchrashuv haqidagi roziligidan so‘ng jarayon jadallashgan. Tramp maʼmuriyati Ukrainadagi korrupsiya moҷarosi va armiyaning Donesk yo‘nalishidagi muvaffaqiyatsizliklarini Kiyevdagi vaziyatni jiddiy keskinlashtirgan omil sifatida ko‘rmoqda.

 

Umerov uchrashuvda Zelenskiy Donbass masalasida muayyan murosa variantlarini ko‘rib chiqishga va Ukraina qurolli kuchlarini 600 ming nafar bilan cheklashga tayyor ekanini bildirgani aytilmoqda. Rejaning dastlabki variantida aynan shu cheklov aks etgan, ammo Yevropa yetakchilari bu taklifni qo‘llab-quvvatlamadi.

 

AQSH rasmiylari tinchlik rejasi Ukraina uchun “tayyor qaror” emasligini, hujjat moslashuvchan bo‘lib, Kiyev manfaatlarini hisobga olishda davom etishlarini taʼkidlamoqda. Ularga ko‘ra, Ukraina suvereniteti hech qanday sharoitda xavf ostiga qo‘yilmaydi.

 

Manbalar Tramp maʼmuriyati Ukraina armiyasi soni bo‘yicha chegarani qayta ko‘rib chiqishi yoki umuman bekor qilishi mumkinligini bildirgan. Shuningdek, urushdan keyin Kiyevga uzoq masofali “Tomahawk” raketalarini yetkazib berishni vaqtincha cheklash varianti muhokama qilinmoqda. Yevropa harbiy kontingenti variantlariga Rossiya keskin qarshi chiqmoqda.

 

Bundan tashqari, AQSH Ukraina bilan razvedka maʼlumotlari almashinuvini davom ettirish niyatida ekani aytilmoqda. Reuters avvalroq Ukraina rejani qabul qilmasa, razvedka yordami cheklanishi mumkinligi haqida yozgan, ammo keyinchalik Davlat kotibi Marko Rubio bunday tahdidlar haqida xabardor emasligiga oydinlik kiritdi.

 

Ig‘natiusga ko‘ra, tinchlik rejasidan 100 kun o‘tgach Ukrainada saylov o‘tkazish bandining kiritilishi mamlakatdagi siyosiy beqarorlik bilan izohlangan — saylovlar tinchlik kelishuvining “ommaviy ratifikatsiyasi” sifatida ko‘rilmoqda. Urushdan keyingi amnistiya bandi esa korrupsiya mojarosi avj olgan holda Zelenskiy va hukumat aʼzolarini siyosiy taʼqibdan himoya qilish maqsadida kiritilgan.

 

Jurnalistning taʼkidlashicha, Tramp maʼmuriyati Yevropa va Ukraina jamoatchiligini taklif etilayotgan reja Rossiya manfaatlarini haddan tashqari qo‘llamasligiga ishontirishga intilmoqda. Eng muhim qaror esa Zelenskiyning o‘z qo‘lida qoladi: agar u rejani qo‘llab-quvvatlasa, keyingi qadam Moskvaga bog‘liq bo‘ladi; agar rad etsa, urush kelasi yil ham davom etishi mumkin.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Tramp maʼmuriyati Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasida Kiyev manfaatlariga oid ayrim o‘zgarishlar kiritilishi mumkinligini bildirdi | Zamon.uz