O'zbekiston

Turkistondan Urganch, Buxoro va Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Qozog‘iston aviakompaniyasi dekabrdan uchta yo‘nalishda muntazam parvozlarni boshlaydi.

Turkistondan Urganch, Buxoro va Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi dekabr oyidan boshlab Turkiston shahridagi Hazrat Sulton xalqaro aeroportidan O‘zbekistonning uchta shahri — Urganch, Buxoro va Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

 

Urganch yo‘nalishidagi parvozlar 1 dekabrdan haftaning dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Buxoro yo‘nalishidagi qatnovlar 2 dekabrdan seshanba, payshanba va shanba kunlari uchiriladi. Samarqandga reyslar esa 3 dekabrdan boshlab chorshanba, juma va yakshanba kunlari bajariladi.

 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yangi yo‘nalishlar ikki davlat o‘rtasidagi transport aloqalarini kengaytirib, mintaqa bo‘ylab sayohat qilishni yanada qulaylashtiradi.

 

Avgust oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston aviatsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olgan edi. Endilikda ikki davlat o‘rtasida haftasiga 238 ta reysga ruxsat berilgan bo‘lib, yo‘nalishlar soni bosqichma-bosqich kengayib bormoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Turkistondan Urganch, Buxoro va Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi | Zamon.uz