O'zbekiston

Davlat raqamiga ko‘ra toq va juft kunlarda avtomobillarga vaqtincha cheklov joriy qilinadi

Tabiiiy changlanish kuchaygan vaqtlarda transport va sanoat faoliyati cheklanishi mumkin.

Davlat raqamiga ko‘ra toq va juft kunlarda avtomobillarga vaqtincha cheklov joriy qilinadi

 

Toshkentda havoni ifloslantiruvchi omillarga qarshi maxsus komissiya vakolatlari belgilandi:

 

Tabiiiy changlanish kuchaygan vaqtlarda sanoat korxonalari, transport, issiqlik ta’minoti va boshqa sohalarda cheklovlarni joriy etish;

 

Tashqi transport harakatini cheklash, jumladan, davlat raqamiga ko‘ra toq va juft kunlarda avtomobillarning harakatini vaqtincha cheklash (elektromobillar bundan mustasno);

 

Atrof-muhitga zarar yetkazuvchi issiqxonalar va boshqa obyektlarni vaqtincha yoki to‘liq to‘xtatish;

 

Sanoat korxonalari uchun chiqindilarga ruxsat etilgan miqdorlarni belgilash va talab buzilgan taqdirda faoliyatini to‘xtatish;

 

Qurilish ishlarida changni kamaytiruvchi uskunalarni o‘rnatish va boshqa ekologik talablarni joriy etish;

 

Suv obyektlari atrofida qurilish va boshqa faoliyatni cheklash, ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha nazoratni amalga oshirish;

 

Davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish.

 

Komissiya barcha chora-tadbirlarni havoni ifloslantiruvchi omillarni kamaytirish va Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida amalga oshiradi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Davlat raqamiga ko‘ra toq va juft kunlarda avtomobillarga vaqtincha cheklov joriy qilinadi | Zamon.uz