O'zbekiston

Ellikqalʼada “zamdirektor” MIB orqali ishiga qaytdi

U maktabda asossiz ravishda ishdan bo‘shatilgan bo‘lgan.

Ellikqalʼada “zamdirektor” MIB orqali ishiga qaytdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan asossiz ravishda ishdan bo‘shatilgan, daʼvogar K.A.ni Ellikqalʼa tumani 17-sonli davlat maktabgacha taʼlim bo‘limining direktor o‘rinbosari lavozimida ishga tiklash belgilangan.

 

Shunga qaramasdan, javobgar Ellikqalʼa tumani 17-sonli davlat maktabgacha taʼlim bo‘limi tomonidan ushbu sud qarori ijrosi taʼminlanmagan.

 

Shu sababli, daʼvogar Majburiy ijro byurosi Ellikqalʼa tumani bo‘limiga sud qarori ijrosini taʼminlab berishni so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

 

Byuroning Ellikqalʼa tumani bo‘limi tomonidan darhol ijro harakatlariga kirishilib, javobgar tashkilot rahbariga sud qarori ijrosini taʼminlamaslik qonunda belgilangan javobgarlikka asos bo‘lishi haqida ogohlantirish berilgan.

 

Shuning natijasida, daʼvogar K.A. Ellikqalʼa tumani 17-sonli davlat maktabgacha taʼlim bo‘limi boshlig‘ining buyrug‘iga asosan o‘zining avvalgi ish o‘rniga joriy yilning 28 oktyabr kuni qayta ishga tiklangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ellikqalʼada “zamdirektor” MIB orqali ishiga qaytdi | Zamon.uz