O'zbekiston

Issiqxonalarda tabiiy gaz yetkazib beriladi, shina, mazut, bitum kabi mahsulotlar yoqqan issiqxonalar jazolanadi - Prezident Farmoni

Maydoni 200 m² va undan katta issiqxonalar uchun chang-gaz tozalash uskunalari majburiy qilinadi.

Issiqxonalarda tabiiy gaz yetkazib beriladi, shina, mazut, bitum kabi mahsulotlar yoqqan issiqxonalar jazolanadi - Prezident Farmoni

 

Energetika vazirligi bir hafta muddatda Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi barcha issiqxona obyektlariga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilishini va uzluksiz gaz ta’minotini tashkil etadi.

 

Shu bilan birga, qoidalarni buzgan issiqxonalar jazo choralariga tortiladi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi bir hafta ichida quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqadi:

 

Maydoni 200 m² va undan katta bo‘lgan issiqxonalarda chang-gaz tozalash uskunalari mavjud bo‘lmaganda yoki nosoz ishlaganda yuridik shaxslarning mansabdor shaxslariga 5 baravar, jismoniy shaxslarga 3 baravar ma’muriy jarima qo‘llanadi.

 

Shu turdagi issiqxonalarda shina, mazut, bitum, ishlatilgan avtomobil moyi, plyonka, rezina, jun tolasi va boshqa yoqilg‘i moddalar yoqilgan hollarda isitish qozonxonasini davlat foydasiga musodara qilishni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlik joriy etiladi.

 

Mazkur chora-tadbirlar shahar va atrof-muhitni ifloslantirishning oldini olish hamda tabiiy gaz resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Issiqxonalarda tabiiy gaz yetkazib beriladi, shina, mazut, bitum kabi mahsulotlar yoqqan issiqxonalar jazolanadi - Prezident Farmoni | Zamon.uz