JSTga aʼzolik bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralarni deyarli yakunladi
O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish yo‘lida Rossiya bilan muzokaralarini yakunladi: faqat bir nechta texnik jihatlar yakuniy tasdiqlanishi kerak. Ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash uchun hozir faqat Tayvan qoldi. Uchrashuv shu hafta Vashingtonda bo‘ladi.

O‘zbekiston Rossiya bilan tashkilotga aʼzo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni deyarli yakunladi. Bu haqda prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov o‘zining Linkdedlnʼdagi sahifasida maʼlum qildi.
“Biz Moskvada O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishining hal qilinmagan masalalari bo‘yicha kelishuvga erishish uchun Rossiya muzokaralar guruhi bilan juda samarali uchrashuv o‘tkazdik. Muzokaralar deyarli yakunlandi: barcha muhim elementlar kelishib olindi va faqat bir nechta texnik bandlar yakuniy tekshiruv va tasdiqlashni talab qiladi”, — deya qayd etdi.
U Rossiya jamoasiga ushbu jarayon davomida konstruktiv hamkorlik va qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Azizbek Urunov joriy yilning dekabr oyida Jenevada bo‘lib o‘tadigan Jahon Savdo Tashkiloti Bosh kengashi yig‘ilishida rus tomoni bilan yakuniy natijalar eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Ishimizni davom ettirar ekanmiz, men dekabr oyida Jenevada bo‘lib o‘tadigan Jahon Savdo Tashkiloti Bosh Kengashi yig‘ilishida rus tomoni bilan yakuniy natijani eʼlon qilishni intiqlik bilan kutyapman.
U Rossiya jamoasiga “asosiy so‘rovlarga aniqlik kiritgani va ushbu jarayon davomida konstruktiv hamkorlik va qo‘llab-quvvatlagani uchun” minnatdorlik bildirdi.
“Shundan so‘ng, qolgan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash uchun faqat Xitoy Taypeyi (Tayvan — tahrir) qoldi.
Bu hafta men jamoam bilan Vashingtonda hamkasblarimiz bilan uchrashib, ikki tomonlama va JST bilan bog‘liq hamkorlikni rivojlantirish uchrashmoqchiman”, — dedi Azizbek Urunov.







