Toshkentda o‘simliklarni ichimlik suvi bilan sug‘orish cheklovlari bekor qilindi
Ilgari sug‘orish faqat yarim tundan ertalab soat 5:00 gacha ruxsat etilgan edi.

Toshkent shahrida jismoniy va yuridik shaxslarga qarashli tomorqalardagi daraxt va boshqa o‘simliklarni ichimlik suvi bilan sug‘orish bo‘yicha oldingi cheklovlar endi bekor qilindi. Ilgari sug‘orishga faqat yarim tundan ertalab soat 5:00 gacha ruxsat berilgan edi.
Prezident qaroriga ko‘ra, koʻp qavatli uylar yaqinidagi o‘simliklarni sug‘orishda qulaylik yaratish maqsadida maxsus suv idishlarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanishi davom etadi.
Mazkur chora-tadbirlar poytaxtdagi yashil hududlarni sug‘orish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.








