O'zbekiston

Turkiyada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi Markazi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Istanbulda yangi avlod innovatsion muzeyi xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

Turkiyada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi Markazi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Istanbul shahrida Turkiya Milliy saroylar boshqarmasining 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro simpozium doirasida mintaqadagi eng yirik madaniy-maʼrifiy loyihalardan biri — O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi Markazining faoliyati taqdim etildi.

 

Simpoziumda dunyoning 37 mamlakatidan 50 dan ortiq maʼruzachi va qariyb 300 nafar ishtirokchi qatnashdi. Tadbir muzey ishi va madaniy merosni asrash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni muhokama qilish uchun yirik xalqaro maydonga aylandi. Maʼlumki, 1925 yili Mustafo Kamol Otaturk tashabbusi bilan Usmoniylar imperiyasi saroylari — To‘pqopi, Dolmabaxche, Yildiz va boshqa tarixiy rezidensiyalar davlat tasarrufiga o‘tkazilgan va bu holat Turkiya Milliy saroylar boshqarmasi tashkil etilishiga asos bo‘lgan.

 

O‘zbekiston taqdimoti: yangi avlodning innovatsion muzeyi

 

O‘zbekiston nomidan simpoziumda Islom sivilizatsiyasi Markazi direktori, O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduholiqov ishtirok etdi. U o‘z maʼruzasida Markazning missiyasi, muzey ekspozitsiyalari konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yirik mualliflik-maʼrifiy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan xalqaro ilmiy tadqiqotlar haqida so‘z yuritdi.

 

Uning taʼkidlashicha, Islom sivilizatsiyasi Markazi dunyo miqyosidagi ilg‘or ilmiy-maʼrifiy va madaniy-taʼlimiy platforma sifatida barpo etilmoqda. Markazning asosiy vazifalaridan biri — islom dinining asl gumanistik mohiyatini, yaʼni bu dinning ezgulik, bag‘rikenglik, tinchlik va maʼrifat dini ekanini jahon jamoatchiligiga yetkazishdir. Shuningdek, O‘zbekiston zaminida yashab o‘tgan buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida hikoya qilish, mamlakatimizning boy madaniy merosini o‘rganish va targ‘ib etish ham Markaz faoliyatining muhim yo‘nalishidir.

 

Markaz ekspozitsiyasining konsepsiyasi yangi modelga tayangan — tarix buyumlar orqali emas, balki ilm-fan va sivilizatsiya taraqqiyotiga taʼsir ko‘rsatgan tarixiy shaxslar timsolida namoyon qilinadi. Ekspozitsiyalar eng ilg‘or xalqaro standartlar asosida shakllantirilgan, innovatsion loyihalar bilan boyitilgan va O‘zbekiston hamda xorijning yetuk mutaxassislari bilan hamkorlikda yaratilgan. Muzeyda sunʼiy intellekt keng qo‘llanilib, buyuk ajdodlarning raqamli qiyofalari yaratilmoqda.

 

Xalqaro tadqiqotlar va madaniy merosni qaytarish ishlari

 

So‘nggi yillarda Turkiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Rossiya, Fransiya, Ispaniya, Germaniya va boshqa 20 dan ortiq davlatlarda izlanishlar olib borildi. Prezident topshirig‘iga binoan tashkil etilgan maxsus komissiya tarkibida Markaz delegatsiyalari ushbu tadqiqotlarda faol qatnashdi.

 

Ushbu keng ko‘lamli ishlar natijasida qariyb ikki mingta artefakt O‘zbekistonga qaytarildi va repatriatsiya jarayoni davom etmoqda. Auksionlar va maxsus galereyalar orqali xarid qilingan sanʼat asarlari va qo‘lyozmalar bilan bir qatorda, WOSCU tashkiloti hamda boshqa xalqaro hamkorlar tomonidan Markazga bebaho artefaktlar sovg‘a qilingan.

 

XXI asrning innovatsion muzey ekspozitsiyalari

 

Markazning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqishda dunyoning turli mamlakatlaridan 1500 ga yaqin olim, tadqiqotchi va muzey mutaxassisi ishtirok etdi. Muzey maydonlari universal taʼlimiy ekotizim sifatida loyihalashtirilgan bo‘lib, eng zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan:

 

▪️ 200 ga yaqin interaktiv sensor panellar o‘rnatilgan,

 

▪️ Sunʼiy intellekt asosida buyuk ulamolarning raqamli avatarlari yaratilgan,

 

▪️ Yoshlar tarixiy shaxslar bilan “muloqot qilishi” mumkin bo‘lgan multimedia platformalari joriy etilgan,

 

▪️ Har bir tashrif buyuruvchi foydalanishi mumkin bo‘lgan buyuk ajdodlar haqidagi elektron bilimlar bazasi yaratilgan.

 

Yoshlar uchun maxsus taʼlim zonalari, kitobxonlar uchun zamonaviy kutubxona maydonlari, bolalar uchun esa interaktiv rivojlantiruvchi maskanlar tashkil etilgan.

 

Hozirda uch yo‘nalish bo‘yicha maxsus audiodasturlar yaratish ustida ish olib borilmoqda:

 

1. Mamlakat mehmonlari va keng omma uchun,

 

2. Yoshlar uchun — interaktiv va raqamli taʼlimga yo‘naltirilgan,

 

3. Olimlar, ekspertlar va tadqiqotchilar uchun — arxivlar, ilmiy bazalar va tadqiqot infratuzilmasiga kirish imkoniyati bilan.

 

Sentyabr oyida 25 ta mamlakatdan 120 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etgan yirik Ekspertlar forumi o‘tkazildi. Xalqaro ekspertlar Markazning ilmiy darajasi, ekspozitsiyalarning chuqurligi hamda islom merosini yoritishning yangi yondashuvini yuqori baholadi.

 

Ularning taʼkidlashicha, O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi Markazi — klassik muzey maktabi va ilg‘or interaktiv texnologiyalar uyg‘unlashtirilgan, dunyodagi eng zamonaviy yangi avlod muzeylaridan biridir. Bu yerda zamonaviy muzey ekotizimining barcha unsurlari — raqamli yechimlar, taʼlimiy platformalar, kutubxona maydonlari, bolalar zonalari hamda har bir ekspozitsiyaning mazmunni chuqur ochib beradigan tizimlari to‘liq integratsiya qilingan. Ushbu ko‘p darajali model xalqaro miqyosda ilg‘or standart sifatida eʼtirof etilib, turli davlatlardagi muzeylarga tavsiya etilmoqda.

 

Simpoziumda Markaz faoliyati haqidagi videorolik namoyish etilib, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Taqdimot yakunida Firdavs Abduholiqov xalqaro multimedia loyihasi doirasida Markaz uchun yaratilgan, Gollivud yulduzi Ben Kingsli ishtirok etgan qisqa filmni taqdim etdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Turkiyada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi Markazi taqdimoti bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz