O'zbekiston

8,5 gektar yer uchun 7,3 mln dollar talab qilgan Toshkent viloyati hokimligi bosh mutaxassisi ushlandi

Shuningdek poytaxt hokimligi yuriskonsulti 4 ming AQSH dollari pora olayotganda qo'lga tushdi.

8,5 gektar yer uchun 7,3 mln dollar talab qilgan Toshkent viloyati hokimligi bosh mutaxassisi ushlandi

 

Toshkent viloyati hokimligining investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi bosh mutaxassisi, Toshkent shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius yordamchisi, 1980-yilda tug'ilgan rieltor va 1996-yilda tug'ilgan shaxs o‘zaro til biriktirib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirishadi.

 

Ular Chirchiq shahrida joylashgan va ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi MCHJ balansidagi 8,5 gektar yer maydonini fuqaroga 6 mln 800 ming AQSH dollariga sotish hamda ushbu hududga elektr, gaz taʼminoti, oqova suv yo‘llarini o‘tkazish uchun texnik shart va ruxsatnomalar, shuningdek, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnoma olib berish evaziga 500 ming AQSH dollari, jami 7 mln 300 ming AQSH dollari talab qilishadi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 160 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Boshqa holatda esa Toshkent shahrida yashovchi, 1986-yilda tug'ilgan fuqaro 2022-yilning oktabr oyida maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchasi qurish maqsadida Yashnobod tumanida joylashgan 80 m2 yer maydonini “E-auksion” dasturi orqali yutib, 49 yil muddatga ijaraga oladi.

 

Ammo, turli sabablarga ko‘ra, qurilish ishlari to‘xtab qolib, yer maydonidan uzoq muddat davomida foydalanilmaganligi bois, 2025-yilning sentabr oyida Yashnobod tumani hokimligi tomonidan ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha fuqarolik sudiga daʼvo arizasi kiritiladi.

 

Lekin, tadbirkor tomonidan asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilgach, sud uning foydasiga hal qiluv qarori qabul qiladi.

 

Sud jarayonlarida davogar sifatida qatnashgan Yashnobod tumani hokimligi bosh yuristkonsulti esa o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, sudning hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati bermaslik evaziga tadbirkordan 5 ming AQSH dollari talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, hokimlik bosh yuristkonsulti tamagirlik yo‘li bilan 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

8,5 gektar yer uchun 7,3 mln dollar talab qilgan Toshkent viloyati hokimligi bosh mutaxassisi ushlandi | Zamon.uz