Jahon

BMT yangi bosh kotibni saylash jarayonini rasman boshladi

193 davlat vakillaridan nomzodlar bo‘yicha takliflar qabul qilinadi.

BMT yangi bosh kotibni saylash jarayonini rasman boshladi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zo davlatlardan 2027-yil 1-yanvardan lavozimga kirishadigan bosh kotib lavozimiga nomzodlarni ko‘rsatishni so‘radi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda. Mazkur jarayon BMT Xavfsizlik kengashi raisi hamda Bosh assambleya prezidenti tomonidan yuborilgan qo‘shma maktub orqali boshlangan bo‘lib, u amaldagi bosh kotib Antonio Guterrishni almashtirish jarayonining rasmiy boshlanishi hisoblanadi.

 

Maktubda tashkilot tarixida biror marotaba ayol shaxs bosh kotib lavozimini egallamaganiga urg‘u berilgan. Shu munosabat bilan davlatlardan yuqori rahbarlik lavozimida gender tengligini ta’minlash maqsadida ayol nomzodlarni ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratish so‘ralgan.

 

Shuningdek, nomzodlarni tanlashda mintaqaviy balans va xilma-xillik muhim mezonlardan biri sifatida qayd etilgan.

 

BMT Xavfsizlik kengashi 2026-yil oxiriga qadar 10-bosh kotib lavozimi uchun bitta nomzodni tanlab, uni Bosh assambleyaga tavsiya qiladi.

 

Hozircha ommaviy ravishda e’lon qilingan nomzodlar orasida Chilining sobiq prezidenti Mishel Bachelet, Kosta Rikaning sobiq vitse-prezidenti Rebeca Grynspan, argentinalik diplomat, Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) rahbari Rafael Grossi bor.

 

Bosh kotib bo‘yicha yakuniy qaror BMT Xavfsizlik kengashining veto huquqiga ega besh doimiy a’zosi — AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Fransiya — o‘zaro kelishuviga erishganidan so‘ng qabul qilinadi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

BMT yangi bosh kotibni saylash jarayonini rasman boshladi | Zamon.uz