O'zbekiston

Mashhur blogerlar qiyofasi sunʼiy intellekt orqali soxtalashtirilib, qimor reklamasida ishlatilgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi dipfeyk orqali tarqatilgan yolg‘on reklamalardan ogohlantirdi.

Mashhur blogerlar qiyofasi sunʼiy intellekt orqali soxtalashtirilib, qimor reklamasida ishlatilgani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur blogerlarning qiyofasi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qilishda noqonuniy ravishda qo‘llangani aniqlangan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi rasmiy ma’lumot berdi.

 

Qo‘mita xabariga ko‘ra, sunʼiy intellekt yordamida blogerlarning fotosuratlari va videolarini qalbakilashtirish holatlari keskin ko‘paygan. Bunday dipfeyklar taniqli davlat arboblari, hukumat vakillari yoki mashhur shaxslarning ovozi va ko‘rinishiga o‘xshatib, yolg‘on reklama yaratish uchun foydalanilmoqda.

 

Shu kabi holatlardan birida SI yordamida Elmurod Haqnazarovning ovozi soxtalashtirilib, unda go‘yoki qimor oʻyiniga pul o‘tkazib yuqori daromad olish mumkinligi aytilgan reklamalar tarqatilgani ma’lum bo‘lgan. O‘rganish jarayonida bloger D. Nazarov hamda A. Abdurahmonov aslida bunday reklamalarda qatnashmagani aniqlangan.

 

Raqobat qo‘mitasi fuqarolarni mashhur shaxslar qiyofasi yoki ovozidan foydalanilgan shubhali reklamalarga ishonmaslikka chaqirdi. Shuningdek, qonunda taqiqlangan mahsulotlar reklamalariga aldanmaslik bo‘yicha keng jamoatchilikka ogohlantirish berildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Mashhur blogerlar qiyofasi sunʼiy intellekt orqali soxtalashtirilib, qimor reklamasida ishlatilgani aniqlandi | Zamon.uz